Japanese International Universityda xalqaro ta’lim – Qaror qabul qilish vaqti keldi abituriyent!


Maktabni tugatib, abituriyentlik hayotiga qadam qo‘ygan bo‘lsangiz, bu siz uchun muhim qaror qabul qiladigan, natija uchun to‘g‘ri yo‘nalish tanlaydigan davr hisoblanadi. Ko‘pchiligingiz bu orada tezroq talaba bo‘lishni, yaxshi natijaga erishib, sifatli ta’lim olishni o‘ylaysiz. Samarqanddagi Yapon Xalqaro Universiteti esa abituriyentlarga aynan muddatidan avval talaba bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi ya’ni abituriyentlar endi imtihon topshirish va mandat javobini olish uchun avgustni kutishlari shart emas.


JIU da xalqaro ta’lim va imkoniyatlar

Japanese International Universityda Biznes Boshqaruvi, Moliya, IT, Pedagogika va Turizm sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan zamonaviy universitet boshqa oliygohlardan ta'lim berish metodi hamda pedagogik faoliyatga o‘zgacha yondashuvi bilan ajralib turadi.

Universitetda ta’lim jarayonlari amaliy tajribaga ega bo‘lgan, kasbiy faoliyatda natijaga erishgan, xorijiy va mahalliy kuchli professor o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

Universitet talabalari nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash bilan talabalik davridanoq tajriba olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, Yapon Xalqaro Universiteti O‘zbekiston bo‘ylab birinchilardan bo‘lib talabalarga “soft-skills"ni rivojlantirish bo‘yicha ta’lim beradi. Bu orqali talabalarda muomala madaniyati, muzokara olib borish, ishontirish, liderlik, kasbiy etika, taym menejment, ijodiy, analitik va tanqidiy fikrlash kabi ko‘nikmalar shakllanadi.

Xorijda o‘qib, ishlash imkoniyati

Ta’limni davom ettirish bilan birgalikda, dunyo ko‘rish, talabalik yillaridanoq xorijiy davlatlardan do‘st orttirish va boshqa millat vakillarining tili, madaniyatini o‘rganish istagida bo‘lsangiz, siz uchun Japanese International University ta’limni xorijda davom ettirishlari uchun ham imkon beradi. 2-kursni "Work and Study" (O‘qi va ishla) loyihasi doirasida Yaponiyada davom ettirishingiz va yozgi ta’tilda “Work and Travel" dasturi orqali AQSH da ishlab, sayohat qilishingiz mumkin. Eng asosiysi, Universitetni ijobiy ko‘rsatkichlar bilan yakunlagan bitiruvchilar Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida yuqori daromadli ish bilan ta’minlanadi.


Imtihon topshirish muddati

Yapon Xalqaro Universitetida qabul imtihoni ingliz tili fanidan ingiz tilida bo‘lib o‘tadi. Imtihonda ishtirok etish uchun abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi. Imtihonda yuqori ball to‘plab, TOP o‘rinlarni egallasangiz esa 80 % gacha GRANT ni qo‘lga kiritishingiz mumkin. IELTS 5,5 va unda yuqori balli til bilish sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar universitetga imtihonsiz qabul qilinadi. 

Batafsil ma’lumot hamda ro‘yxatdan o‘tish uchun Japanese International University’ning aloqa markazlariga ariza qoldiring.

Murojaat uchun:

Aloqa markazi: +998 (71) 203-02-20

Instagram          Telegram          Facebook

Manzil: Samarqand shahri, Sadriddin Ayniy ko‘chasi