Inha universitetida «Microsoft» korporatsiyasi maxsus o‘quv sinfini ochdi.


Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri «Microsoft» korporatsiyasi 2017 yilning 26 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti(IUT)da maxsus o‘quv sinfini ochdi.

Zamonaviy IT-sinfi monoblok kompyuterlari bilan jihozlangan bo‘lib, barcha zarur jihozlar «Microsoft» korporatsiyasi tomonidan beg‘araz taqdim etilgan hamda litsenziyaga ega dasturiy ta’minotlar va yechimlar, shuningdek, mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun qo‘shimcha uskunalar bilan ta’minlangan.