IELTS, TOEFL, TestDAF kabi sertifikatlarga ega abituriyentlar chet tili testlaridan ozod qilinadi


IELTS, TOEFL va boshqa bir qator xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar universitetga qabul qilishda chet tili imtihonlaridan ozod qilinadi.

Bu haqda Davlat test markazi Chet tillarini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi boshlig‘i Sardor Rajabov "Minbar"ga ma’lum qildi.

IELTS kabi xalqaro sertifikatlar ham imtiyozli sertifikatlar qatoriga kiritiladi. Bu haqdagi hukumat qarori yaqin vaqtlar ichida imzolanishi kutilayapti", – dedi Sardor Rajabov.

2018-yil dekabrda muhokamaga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, IELTS, TOEFL (ingliz tili), DELF (fransuz tili), Goethe-Zertifikat (nemis tili) kabi xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga shu fandan belgilangan maksimal ball berilib, testdan ozod etiladi.

Masalan, agar ingliz tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat yo‘nalishlariga hujjat topshirgan bo‘lsa:

  • International English Learning Testing System (IELTS 5.5) va undan yuqori,
  • Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72) va undan yuqori,
  • Cambridge Assessment English FCE va undan yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishlari kerak.

Ingliz tili birinchi fan bo‘lmagan boshqa bakalavriat yo‘nalishlarida:

  • International English Learning Testing System (IELTS 4.5),
  • Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 42) va undan yuqori,
  • Cambridge Assessment English PET, B1 va undan yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishlari kerak.

Magistratura yo‘nalishlarida ham shunday tartib joriy etiladi.

Bu nafaqat ingliz tiliga, balki nemis, fransuz, ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tillariga ham taalluqli.

Manba: minbar.uz