Harbiy OTMlarda o‘qiganlardan o‘qishga sarflangan budjet puli undirilishi mumkin


Yangi nizom loyihasiga ko‘ra, qachonki oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qiganlar:

  • kontraktda ko‘rsatilgan muddat tugamasdan harbiy xizmatni o‘tashdan bosh tortsa;
  • kontrakt tuzishdan, uning shartlarini bajarishdan bosh tortsa;
  • jinoyat sodir etib, sudlanib ishdan bo‘shatilsa, o‘qish pulini davlatga qaytarib to‘laydi. 

Bu haqda harbiylar o‘qishga kirishdan oldin yozma ogohlantiriladi.

Undiriladigan byudjet mablag‘larining miqdori quyidagicha belgilanishi kutilmoqda.

Harbiy xizmatchini oliy harbiy taʼlim muassasasida o‘qitishga sarflangan byudjet mablag‘lari, u rezervga bo‘shatilgan vaqtdagi: 

a) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida to‘rt yillik o‘qish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1300 baravari; (BHMning 30.10.2021 holati bo‘yicha umumiy summa - 351 million so‘m)

b) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasida ikki yillik o‘qish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 650 baravari; (BHMning 30.10.2021 holati bo‘yicha umumiy summa - 175,5 million so‘m)

d) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida ikki yillik o‘qish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 650 baravari; (BHMning 30.10.2021 holati bo‘yicha umumiy summa - 175,5 million so‘m)

e) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtida:

  • to‘rt yillik o‘qish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1300 baravari;  (BHMning 30.10.2021 holati bo‘yicha umumiy summa - 351 million so‘m)
  • besh yillik o‘qish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1600 baravari;  (BHMning 30.10.2021 holati bo‘yicha umumiy summa - 432 million so‘m)

f) O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida

  • to‘rt yillik o‘qish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1300 baravari;  (BHMning 30.10.2021 holati bo‘yicha umumiy summa - 351 million so‘m)
  • besh yillik o‘qish (uchuvchilar tarkibini tayyorlash) uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravari; (BHMning 30.10.2021 holati bo‘yicha umumiy summa - 810 million so‘m)

g) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida:

  • to‘rt yillik o‘qish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1300 baravari;  (BHMning 30.10.2021 holati bo‘yicha umumiy summa - 351 million so‘m)
  • besh yillik o‘qish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1600 baravari; (BHMning 30.10.2021 holati bo‘yicha umumiy summa - 432 million so‘m)

h) Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasida to‘rt yillik o‘qish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1300 baravari;  (BHMning 30.10.2021 holati bo‘yicha umumiy summa - 351 million so‘m)

i) O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida:

  • to‘rt yillik o‘qish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravari; (BHMning 30.10.2021 holati bo‘yicha umumiy summa - 270 million so‘m)
  • besh yillik o‘qish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1200 baravari miqdorida undiriladi. (BHMning 30.10.2021 holati bo‘yicha umumiy summa - 324 million so‘m)

Harbiy xizmatchilarni xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida (oliy, oliy harbiy va boshqa taʼlim muassasalarida) o‘qitishga sarflangan byudjet mablag‘larini undirish miqdorlari qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladigan maxsus kontraktlarda belgilanadi.