Farmatsevtika sohasida 7 ta yangi erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nukus-farm", “Zomin-farm", “Kosonsoy-farm", “Sirdaryo-farm", “Boysun-farm", “Bo‘stonliq-farm" va “Parkent-farm" erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi.

Farmon sharhida aytilishicha, ushbu hujjatning qabul qilinishi, avvalambor, respublikamizning farmatsevtika sohasini rivojlantirishga, dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga, mahalliy dori-darmon vositalari bozorini o‘zimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli preparatlar bilan to‘ldirishga keng imkoniyat yaratadi.

Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirishda birinchi darajali vazifa sifatida belgilab berilgan.

Bu farmondan kelib chiqib taxmin qilish mumkinki keyingi yillarda farmatsevtika sohasi uchun malakali kadrlarga bo‘lgan extiyoj oshadi. Biz esa ushbu soha uchun hozirda oliy talim tizimida mavjud mutaxassisliklar ro‘yhati bilan tanishtirib chiqamiz:

Toshkent farmatsevtika instituti:

1. Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) (5510600)

2. Farmatsiya (turlari bo‘yicha) (5510500)

3. Kasb ta’limi: farmatsiya (5111039)

4. Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) (5310901)

5. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) (5320500)

Toshkent davlat agrar universiteti, Andijon qishloq xo‘jaligi instituti va Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali:

1. Dorivor o‘simliklarni etishtirish texnologiyasi (5411100)

2. O‘simliklar himoyasi va karantini (5410300)

Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti

1. O‘simliklar himoyasi va karantini (5410300)

Toshkent kimyo-texnologiya instituti:

1. Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) (5320400)

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Qarshi davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti:

1. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) (5320500)