Eng zoʻr smartfonni kutib oling: Huawei Mate 20 Pro-Hands-on haqida


Kecha Huawei oʻzining eng soʻnggi smartfoni Huawei Mate 20 va Mate 20 Pro ni taqdimot marosimini oʻtkazdi. Huawei ning P20 Pro smartfoni 2018-yilda dunyoning eng zoʻr smartfoni deb tan olingandi. Kecha Huawei dan hamma juda katta yangilikni kutishdi chunki Huawei bu safar oʻzidan oʻzi oʻtishi kerak edi. Tarixda birinchi marta Huawei ni shunchaki oddiy telefon ishlab chiqaruvchi sifatida emas, mobil texnologiyalar bozorida eng innovatsion kompaniya sifatida kuzatishdi.


Hozir, Mate 20 Pro smartfonida qilingan yangiliklarni koʻrib chiqamiz, ishonchni oqlashdimi yoki yoʻqmi xulosa oʻzingizdan.

1. Yuzni tanivchu 3D skaner. Huawei birinchi marta oʻz telefoniga 3D skaner qoʻshdi. Oldin telefonni yuz orqali blokdan chiqarish uchun old kameradan foydalanilardi. Demak, bu borada Huawei Apple va Xiaomi dan (Xiaomi Mi 8 Pro) keyin uchinchi boʻlib ushbu texnologiyani kiritdi oʻz smartfonlariga.

2. Ekran ostidagi barmoq izi skaneri. Bungacha barmoq izi skanerini ekran ostiga faqat Vivo, Oppo va Xiaomi (Xiaomi Mi 8 Pro) kiritgandi. Lekin, funksiya yuqori aniqlikda ishlardi deyish qiyin. Aytishlaricha Huawei da bu sistema xatolarsiz mukammal ishlaydi.


3. Nano SD. Shu vaqtgacha telefonlar xotirasini koʻpaytirish uchun Mikro SD yaʼni oddiy fleshka qoʻyilardi. Huawei birinchi boʻlib yangi standart Nano SDga oʻtdi. Nano SD fleshkalari ham Huawei tomonidan ishlab chiqariladi. Nano SDning oʻlchamlari nano sim karta bilan bir xil boʻladi, Huawei ning taʼkidlashicha oddiy Mikro SDga nisbatan ikki barobar tez ishlaydi.

4. Barmoq izlarini olmaydigan maxsus shisha. Soʻnggi vaqtda hamma smartfonlarning orqa tomoni shisha yoki keramikadan ishlab chiqarilmoqda. Huawei Mate 20 Pro ni ham orqa tomoni shishadan. Shishaning eng muammoli tomoni, barmoq izi qoladi, telefon doim kir boʻlib yurgandek tuyiladi. Huawei ni aytishi boʻyicha yashil va koʻk ranglari uchun maxsus “hyper optical“ shisha ishlab chiqarilgan va barmoq izini boshqa telefonlarga nisbatan kam oladi.


5. Yangi Kirin 980 protsessori. Ushbu protsessorni taqdimotini Huawei ikki oy oldin oʻtkazgandi va uni dunyodagi eng kuchli telefon protsessori sifatida namoyish etgandi. Huawei Mate 20 Pro sunʼiy intellektni eng mukammal darajaga olib chiqqan Kirin 980 protsessorida ishlovchi birinchi smartfon boʻldi. Natija kutilganidek, Antutu benchmarketida smartfon 300 mingdan oʻtib ketdi. Shubhasiz hozirgi kunning eng kuchli protsessori.

6. Kamerada “Super Macro“ rejimi. Kamera borasida hozirgi kunda Huawei P20 Pro dunyoda eng zoʻr. Huawei Amerikani qayta ochmasdan Mate 20 Pro da oldingi kamerani imkoniyatlarini yaxshilashni maʼqul koʻrgan. Birinchidan rasmlar sifati sunʼiy intellekt va katta imkoniyatlarga ega boʻlgan protsessor evaziga yaxshilangan boʻlsa, ikkinchidan dasturda kichik toʻgʻrilashlar kiritilgan va kamera sifati Huawei P20 Pro dan qolishmaydi. Bu safar ham uch koʻzli kamerani professional fotoapparatlar bozorida eng zoʻrlardan biri boʻlgan Germaniyaning Leica kompaniyasi ishlab chiqqan. Eng katta yangilik, “Super Makro“ rejimi. Bu rejimda kichik narsalarni rasmga olganda eng kichik detallarni olib beradi. Turli xil testlarning koʻrsatishicha MAte 20 Pro kamerasi “Super Macro" rejimida inson koʻzi olmaydigan eng kichik zarra changlargacha koʻrar ekan. Aytgancha, kamera 3 koʻzli, birinchisi 40 megapiksel, ikkinchisi 20 MP, uchinchisi 8, umumiy 68 MP.

7. “Photomaton" rejimi. Old kamera 24 MP boʻlib, bu safar yangilik sifatida “Photomaton“ rejimi kiritilgan. Yaʼni old kamerada rasmga olganda yuzni yoritib orqa fonni qoraytiradi.Shunga oʻxshash funksiya iPhone va Xs da bor.


8. “Bokeh effekt"ida video. Oxirgi yilda portret rejimi yaʼni “Bokeh effekt"i (oldindagi obyekt yoki shaxsni tiniq qilib orqa fonni xiralashtirish) rasmga olganda deyarli hamma smartfonlarda paydo boʻldi. Lekin, bunaqa funksiya hali videoga kiritilmagandi. Endilikda, Huawei Mate 20 Pro Bokeh effekti bilan videoga oladi. Shuningdek Frandroid nashrining taʼkidlashicha Mate 20 Pro eng koʻp video imkoniyatiga ega telefon emish, 21:9 formatda hatto kino olsa boʻladi deyishyapti mutaxassislar.

9. Cat 21. LTE 4G tezkor tarmogʻi (1.4 GB tezlik). Huawei eng birinchilardan boʻlib 21 kategoriya LTEni oʻz smartfoniga kiritda. Endi Mate 20 Pro 4G tarmogʻida 1.4 Gb tezlikkacha maʼlumot alishishi yaʼni internetda ishlashi mumkin.

10. 4200 mA/C batareya. Flagmanlar orasida Mate 20 Pro eng katta batareyaga ega boʻldi, hali flagmanlar orasida biror biri 4200 mA/C batareyaga ega emas edi.

11. Simsiz zaryadlash imkoniyati. Huawei P20 Pro dan farqli ravishda Mate 20 Proni simsiz zaryadlash mumkin. Va birinchi marta smartfonlar orasida Mate 20 Pro faqatgina simsiz zaryad olibgina qolmasdan, simsiz boshqa telefonni zaryadlashi ham mumkin. Masalan siz iPhone Xs ni Huawei Mate 20 Pro ga tekkizib qoʻyib zaryadlashingiz mumkin.

12. Rekord darajada tez zaryad olish. Yangi smartfon Super Charge 2.0 40W tez zaryadlanish funksiyasini oʻziga kiritgan. Siz smartfonni rekord darajada tez, 30 minutda 73 foizgacha zaryadlashingiz mumkin.

Albatta, bugungi kunda bozorda eng zoʻr smartfonlardan birini chiqargandan keyin narx ham shunga yarasha boʻlishi kerak. Huawei Mate 20 Pro ning 128 GBlik versiyasi Yevropa bozorida 1000 yevrodan sotiladi yaʼni iPhone Xs 64 GB bilan bir xil narxda.

©Firuz Allayev