Davlat test markazi rahbari o‘zgardi


Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Karimov Majit Malikovich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori etib tayinlandi.

Majit Karimov Islom Karimov nomini olgan Toshkent davlat texnika universiteti rektori, 2016 yildan - bosh vazir o‘rinbosari, keyin esa Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ta’kidlash joizki, M.Karimov ushbu lavozimda Test markazini 2014 yildan beri boshqarib kelgan Jahongir Ismoilovning o‘rnini egallagan.