Chet tilidan ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi


Imtihon natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, imtihonda ishtirok etgan abituriyentlar shaxsiy kabinetidan o‘z natijasini bilishi mumkin.

2023 yil 17-23 iyul kunlari 8 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan chet tilidan ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, imtihonda ishtirok etgan abituriyentlar shaxsiy kabinetidan (abituriyent qayd varaqasining yuqori qismida) o‘z natijasini bilishi mumkin.

Bunda abituriyentning har bir bo‘lim bo‘yicha to‘plagan ballari, jami ball, maksimal (120) ballga nisbatan foiz ko‘rsatkichi va oliy ta’lim muassasasiga kirishda chet tili fanidan beriladigan ball aks etgan.

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 3 kun ichida (30-31 iyul va 1 avgust kunlari) my.uzbmb.uz sayti orqali apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.

Apellyatsiya shikoyati komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi va uning xulosasi my.uzbmb.uz sayti orqali xabardor qilinadi.

Belgilangan muddatdan so‘ng apellyatsiya shikoyati qabul qilinmaydi va shikoyatlar qayta ko‘rib chiqilmaydi.