O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra oliy ta’lim tizimida yangi ta’lim ixtisoslik yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning, shuningdek, iqtisodiyot sohalari va hududlarni kompleks rivojlantirishning joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bakalavriat va magistraturaga talabalar qabul qilishning umumiy ko‘rsatkichlarini 2021 yilgacha bosqichma-bosqich ravishda 18 foizgacha oshirish belgilab o‘tildi.