O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan hamda harbiy qismdan tavsiyanoma olgan OTM abituriyentlari kirish testlari natijasi bo‘yicha to‘plagan baliga 50 foiz miqdorida ustamaga ega bo‘lishi to`g`risidagi xabar ko`pchilik orasida har xil talqin etilmoqda. Jumladan ba'zi bir insonlar maksimal ballning 50% deb ham tushunishmoqda. Vaziyat aslida quyidagicha: Faraz qilamiz, muddatli harbiy xizmatni o`tab tavsiyanomaga ega bo`lgan abituriyent kirish imtihonlarida 90 ballga ega bo`ldi.
Avvallari qanaqa ball to`planishidan qat'iy nazar, maksimal olish mumkin bo`lgan 226.8 ballning 27%, ya'ni 61.236 bal qo`shilgan, bizning holatda 90 ballga 61.236 ball, umumiy 90+61.236= 151.236 balga egalik qilardi.
Yangi tartibga ko`ra uning baliga, o`zining to`plagan 90 balining 50% ya'ni 45 ball qo`shiladi, umumiy natija 90+45=135 ball bo`ladi.
BILIMLI abituriyentlar uchun bu yaxshigina IMKONIYAT!!!
Saytimiz abt.uz va kanalimizni boshqalarga ham tavsiya eting!