Qabul kvotasi soni bo‘yicha OTMlar reytingi


2017/2018 o‘quv yilida bakalavr ta’lim yo‘nalishiga 66 316 nafar talaba qabul qilinadi. Shularning 18 194 nafari davlat grantida va 48 122 nafari to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil oladi. Agar o‘tgan yilgi kvotalar bilan taqqoslasak, joriy yilgi kvotalar soni 8 409 taga ko‘paygan.

Batafsil: http://www.abt.uz/qabul-2017-2018

Qabul kvotasi soni bo‘yicha OTMlar reytingi quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi (bakalavr uchun):

1. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (filiallari bilan) — 2920 nafar;
2. Toshkent davlat texnika universiteti (filiali bilan) – 2805 nafar;
3. Toshkent davlat agrar universiteti (filiali bilan) – 2730 nafar;
4. Qoraqalpoq davlat universiteti – 2200 nafar;
5. Samarqand davlat universiteti – 2000 nafar;
5. Urganch davlat universiteti – 2000 nafar.