«IT-dasturchi» — O‘zbekistonda ehtiyoj eng yuqori mutaxassislik


HR va konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi DaVinci Solutions kompaniyasi O‘zbekistonda talab eng yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekistondagi mehnat bozorida birinchi o‘rinda dasturiy ta’minot mahsuloti ishlab chiqaruvchi mutaxassislarga ehtiyoj yuqori

Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilgan an’anaviy HR-anjumanida ma’lum qilingan. «Iste’dodlarni jalb qilish va rivojlantirish» mavzuidagi anjumanda mazkur reyting yarim yil davomida bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilinuvchi saytlar hamda ish beruvchi kompaniyalar o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijasi ekanligi aytilgan.

Yurtimizda talab yuqori bo‘lgan TOP mutaxassisliklar:

1. IT - dasturchi
2. HR direktor
3. Marketolog
4. Kimyo texnologi
5. Muhandis

Sir emaski, oxirgi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi, axborot kommunikatsiya texnologiyalariga ham e'tibor va talab yuqori. Respublikada OTMlar uchun 2017-2018 o`quv yillari uchun mo`ljallagan qabul kvotalariga ham e'tibor qaratadigan bo`lsak, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari Respublikada eng ko`p talaba qabul qiladi- 2920 talaba!!!

Respublikamizda axborot texologiyalari bo‘yicha nafaqat Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari balki, boshqa oliygohlarda ham mutaxassis tayyorlanadi. Ushbu sohada mutaxassisliklar bor OTMlarining o‘tgan yilgi qabul natijalari va ular haqida batafsil ma'lumotni quyidagi manzil bo‘yicha olishingiz mumkin:Ilova