Toshkent islom universitetida islom madaniyatini o‘rganish bo‘yicha kafedra ochiladi.


Toshkent islom universitetida Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkilotining (ISESCO) maxsus kafedrasi ochiladi.

ISESCO va Toshkent islom universiteti universitet tarkibida islom madaniyatini o‘rganish bo‘yicha ISESCO kafedrasini tashkillashtirishda hamkorlik memorandumini imzoladi.

Kafedrani yaratishdan maqsad musulmon dunyosi ta’limi, fani va madaniyati tarixi va zamonaviy holatini o‘rganish, talabalarga maxsus o‘quv kurslarini chuqurlashtirilgan holda o‘qitishdan iborat.