Sonlarga oid masalalar mavzusidan test savollari



30 ta sayyohdan 20 tasi ingliz tilini, 15 tasi fransuz tilini bilishadi. Shu sayyohlardan nechtasi ikkala tilni ham bilishadi?

Ko‘p qavatli uyda yashovchi aholining \frac{1}{6} qismi shaxmat o‘ynashni, \frac{1}{4} qismi shashka o‘ynashni biladi. Shu uyda yashovchi aholining \frac{2}{3} qismi hech qanday o‘yin o‘ynashni bilmaydi. Aholining qanday qismi ham shaxmat, ham shashka o‘ynashni biladi?

30 kishidan 22 tasi o‘yin to‘garagiga, 17 tasi esa xor to‘garagida ashula aytadi. Necha kishi faqat o‘yin to‘garagiga qatnashadi?

48 ta chet tili o‘qituvchisidan 30 tasi ingliz tili, 29 tasi nemis tili o‘qituvchilari. Shu o‘qituvchilardan nechtasi faqat bitta tilda dars beradi.

Sinfdagi 35 ta o‘quvchidan 28 tasi suzish to‘garagiga, 14 tasi voleybol to‘garagiga qatnashadi. Agar har bir o‘quvchi hech bo‘lmaganda bitta to‘garakga qatnashsa, ikkala to‘garakga qatnashadigan o‘quvchilar necha foizni tashkil etadi?

100 kishidan iborat sayyohlar guruhida 70 kishi ingliz tilini, 45 kishi nemis tilini va 23 kishi ikkala tilni biladi. Ikkala tilni bilmaydigan sayyohlar necha foizni tashkil etadi?

1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar orasida 3 ga ham, 5 ga ham bo‘linmaydiganlari nechta?

1 dan 100 gacha bodgan sonlar orasida 2 ga ham, 5 ga ham bo‘linmaydiganlari nechta?

1 dan 100 gacha bodgan sonlar orasida 2 ga ham, 7 ga ham bo‘linmaydiganlari nechta?

1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar orasida 2 ga ham, 3 ga ham bo‘linmaydiganlari nechta?

Har qanday uchtasi bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydigan 6 ta nuqta berilgan. Shu 6 ta nuqtalar orqali nechta turlicha to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin?

3607 sonini tub son ekanligini aniqlash uchun uni ketma-ket 2, 3, 5 va hokazo tub sonlarga bo‘lib boriladi. Qanday tub songa yetganda bo‘lishni to‘xtatish mumkin?

Avtomashina bakiga 70 l benzin quyildi. Gulistonga borish uchun benzinning \frac{2}{5} qismi, Chimyonga borish uchun esa \frac{3}{7} qismi sarflandi. Bakda necha litr benzin qolgan?

G‘ildirak 7 minutda 12\frac{3}{5} marta aylanadi.U 1 minutda necha marta aylanadi?

Bolalar archa bayramida bir xil sovg‘a olishdi. Hamma sovg‘alarda 76 ta mandarin va 57 ta konfet bo‘lgan. Bayramda nechta bola qatnashgan va har bir bola nechta mandarin va nechta konfet olgan?

1 soat 160 minut 2 sekund necha sekunddan iborat?

Binoning 4- qavatigacha bo‘lgan zinaning uzunligi 2- qavatgacha bo‘lgan zina uzunligidan necha marta uzun (qavatlar orasidagi zinalar soni bir xil deb hisoblanadi)?

1601 sonini tub son ekanligini aniqlash uchun uni ketma-ket 2, 3, 5 va xokazo tub sonlarga bo‘lib boriladi. Qanday tub songa yetganda bo‘lishni to‘xtatish mumkin?

Avtomashina bakiga 60 l benzin quyildi. Toshkent dengiziga borish uchun bakdagi benzinning \frac{2}{5} qismi, Chirchiqga borish uchun \frac{1}{12} qismi sarflandi. Bakda necha litr benzin qolgan?

Chumoli 5 minutda 15\frac{5}{6} m yuradi. U 1 minutda necha metr yuradi?

Bolalar archa bayramida bir xil sovg‘a olishdi. Hamma sovg‘alarda jami 123 ta olma va 82 ta nok bo‘lgan. Archa bayramida nechta bola qatnashgan va har bir bola nechta olma va nechta nok olgan?

3m^2,1 dm^2, 5sm^2 necha sm^2 ga teng?

Birinchi kuni ish normasining \frac{1}{3} qismi bajarildi. Ikkinchi kuni birinchi kunda bajarilgan ishning \frac{1}{6} qismicha ko‘p ish bajarildi. Shu ikki kunda qancha ish normasi bajarildi?

Birinchi kuni ish normasining \frac{1}{2} qismi bajarildi. Ikkinchi kuni birinchi kunda bajarilgan ishning \frac{1}{4} qismicha ko‘p ish bajarildi. Shu ikki kunda qancha ish normasi bajarildi?

To‘g‘ri chiziqda 7 ta nuqta olindi. Uchlari berilgan nuqtalardan iborat nechta turli kesmalar hosil bo‘ldi?

Istalgan uchtasi bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydigan to‘rtta nuqtani juft-juft ravishda tutashtirish natijasida nechta kesma hosil bo‘ladi?

Har qanday uchtasi bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydigan 9 ta nuqta orqali nechta turlicha to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin?

2 soat 30 minut 3 sekund necha sekund bo‘ladi?

Birinchi kuni ish normasining \frac{1}{4} qismi bajarildi. Ikkinchi kuni birinchi kunda bajarilgan ishning \frac{1}{8} qismicha ko‘p ish bajarildi. Shu ikki kunda qancha ish normasi bajarildi?

Har qanday uchtasi bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydigan 7 ta nuqta berilgan. Shu 7 ta nuqtalar orqali nechta turlicha to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin?