Sanoat tarmoqlari geografiyasi mavzusidan test savollari



Metallurgiya sanoati jahon xo‘jaligini qanday materiallar bilan ta’minlaydi?

Qora metallurgiya mahsulotlari qaysilar?

Dastlabki yillarda qora metallurgiya sanoati korxonalari qayerlarda joylashgan?

Temir rudasini jahon bozorlariga chiqaruvchi asosiy davlatlar qatorini toping.

Po‘lat ishlab chiqarishda yetakchi mamlakatlar qatorini toping.

Jahonda yiliga qancha temir rudasi qazib olinadi?

Qazib olingan temir rudasining asosiy qismi (50- 60\%) qaysi davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi?

Jahonda ishlab chiqariladigan po‘latning 80\% foizi … davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Rangli metallurgiyaning yetakchi tarmog‘i- bu …

Mis rudasini qazib chiqarishda yetakchi bo‘lgan davlatlar qaysilar?

Toza (rafinad) misni ishlab chiqarishda yetakchi davlatlar qatorini toping.

“Qanotli metal”- bu …

Tarkibida alyuminiy metali bo‘lgan boksit, nefelin, alunit rudalariga boy bo‘lgan davlatlarni toping.

Jahon yalpi sanoat mahsulotlari qiymatining 35 foizi qaysi tarmoq hissasiga to‘g‘ri keladi?

Jahon mashinasozligining rivojlanishiga ko‘ra mintaqalar berilgan qatorni toping.

Shimoliy Amerika mashinasoziik mintaqasidagi AQSh, Kanada, Meksika mamlakatlariga jahon mashinasozlik mahsulotlarining qanchasi to‘g‘ri keladi?

Yevropa Ittifoqi asosan qanday turdagi mashinalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan?

Sharqiy va Janubiy- Sharqiy Osiyo mashinasozlik mintaqasida qaysi davlatning o‘mi yuqori?

Jahon kimyo va neft- kimyo sanoati mintaqalari to‘g‘ri berilgan qatorni toping.

Hozirgi vaqtda jahon kimyo mahsulotlarining qanchasi AQShda ishlab chiqarilmoqda?

Kimyo va neft- kimyo sanoatining 3- mintaqasi asosan kimyo sanoatining qaysi yo‘nalishiga ixtisoslashgan?

XXI asr boshlarida jahon bo‘yicha har yili qancha yog‘och tayyorlanadi?

Jami yog‘och xomashyosining qancha qismi Shimoliy o‘rmon mintaqasiga to‘g‘ri keladi?

Shimoliy o‘rmon mintaqasida joylashgan asosiy o‘rmon mamlakatlari qaysilar?

O‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza- qog‘oz sanoati tizimida 1- o‘rinda turadigan davlat qaysi?

Kanadada nechta taxta tilish zavodi bor?

Dunyodagi eng katta sellyuloza- qog‘oz kombinati qaysi davlatda?

G‘arbda ishlab chiqarilayotgan gazeta qog‘ozining … foizi va gazeta eksportining … foizi Kanada hissasiga to‘g‘ri keladi.

Jon boshiga qog‘oz ishlab chiqarishda yetakchi o‘rinda turadigan davlatlar qatorini toping.

Jahon bo‘yicha jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha qog‘oz qanchani tashkil etadi?