Atmosfera bosimi mavzusidan test savollari
20^\circ C temperaturada suvning solishtirma bug‘lanish issiqligi 2260 kJ/kg. Shu temperaturadagi 1kg bug‘ni suvga aylantirilsa qancha issiqlik ajralib chiqadi?
Bir xil idishdagi, bir xil hajmli, bir xil temperaturadagi suyuqlik, muhit temperaturalari teng bo‘lganida, qayerda tezroq bug‘lanadi?
Qo‘rg‘oshin, po‘lat va yog‘ochdan balandliklari va massalari teng silidrlar yasalgan. Bu silindrlar asoslarining yerga beradigan bosimlari nisbatlari qanday bo‘ladi?
Zichliklari uchun \rho _{1}>\rho _{2}>\rho _{3} munosabat o‘rinli bo‘lgan uch xil moddadan yasalgan, massalari va asoslarining yuzlari o‘zaro teng uch jismning gorizontal tekislikka ko‘rsatadigan bosimlari P_{1}, P_{2} va P_{3} lar orasidagi munosabat qanday bo‘ladi?
Porshenli nasos normal atmosfera bosimida kerosinni qanday balandlikka ko‘tarishi mumkin? \rho _{k}=800 kg/m^{3}, \rho _{s}=13600 kg/m^{3}.
Toshkent shahri dengiz sathidan 408 m balandlikda. Televizion minoraning balandligi 192 m. Minoraning tepasida barometr necha millimetr simob ustuni bosimni ko‘rsatadi? 100 m ga ko‘tarilganda bosim 3 mm.sim.ust. ga kamayadi deb hisoblang.
Porshenli nasos normal atmosfera bosimida suvni qanday balandlikka ko‘tarishi mumkin?
Suyuqlikning bug‘lanish tezligi (suyuqlik sirti yuza birligidan birlik vaqt oralig‘ida bug‘lanuvchi molekulalar miqdori) quyidagi omillarning qaysilariga bog‘liq emas?
1) suyuqlik haroratiga;
2) suyuqlik sirtining katta-kichikligiga;
3) suyuqlikning solishtirma bug‘lanish issiqligiga ;
4) suyuqlik hajmiga.
Suv qaysi temperaturadan boshlab bug‘lana boshlaydi?
Bosim deb nimaga aytiladi? Bosim deb, sirtning birlik yuzasiga \cdots
Atmosfera bosimi qanday asboblar bilan o‘lchanadi?
Me’yordagi (normal) atmosfera bosimi nimaga teng?
Ta’rifni to‘g‘ri mazmunda to‘latuvchi javobni belgilang. "Atmosfera bosimi deb havo molekulalarining ..."
Avtomobilning massasi 3.6 t. Uning og‘irlik markazi g‘ildiraklarning o‘qlari orasidagi masofani 1:3 nisbatdagi kesmalarga bo‘ladi. Har bir juft g‘ildirakning yo‘lga berayotgan bosim kuchini toping.
Quyida bayon etilgan fikrlarning qaysi biri noto‘g‘ri?
Quyidagi jumlaning mazmuniga mos gapni davom ettiring: Bosim deb ..
Massasi 11 tonnaga teng bo‘lgan haydov traktorining tayanch (gusenitsalari) yuzasi 2.2 m^{2} ga teng. Shu traktor tuproqqa qancha bosim (Pa) beradi?
Normal sharoitda havosi so‘rib olingan nayni simobga tushirilsa, simob atmosfera bosimi ta’sirida shu nay orqali 76 sm ko‘tariladi. Shu nay suvga tushirilsa, suv qancha balandlikka (m) ko‘tarilgan bo‘lar edi?
Torrichelli tajribasini o‘tkazish uchun uzunliklari 1 m dan bo‘lgan, ko‘ndalang kesimlari farq qiluvchi 3 ta nayda tajriba o‘tkazilsa, naylardagi simob ustunlarining balandliklari farq qiladimi?
Bug‘lanishga teskari jarayon qaysi javobda berilgan?
2 mm.sim.ust. necha Pa ga teng? Simobning zichligi 13.6\cdot 10^{3} kg/m^{3}.
Shaxta tubida atmosfera bosimi 820 mm simob ustuniga teng bo‘lsa, shaxta chuqurligini toping (m).
Po‘latdan yasalgan brusok yerga P bosim beryapti. Uning qalinligini toping. \rho - po‘lat zichligi.
Agar atmosfera bosimi 0.952\cdot 10^{5} Pa bo‘lsa, Torrichelli tajribasidagi naychada simob ustunining balandligi qancha bo‘ladi (mm)? P_{simob}=13.6\cdot 10^{3} kg/m^{3}, g=10 m/s^{2}
Suyuqlik bug‘langanda, energiya yutiladimi yoki ajraladimi?
Sublimatsiya nima?
Toshkent shahri dengiz sathidan 407 m balandlikda joylashgan. Yunusoboddagi television minoraning balandligi 385 m. Agar dengiz sathidagi atmosfera bosimi 760 mm.sim.ust. ga teng bo‘lsa, minoraning uchida barometr qancha bosimni (mm.sim.ust.) ko‘rsatadi?
1 mm suv ustunining bosimi necha paskal bo‘ladi. Suvning zichligi 1000 kg/m^{3}. Erkin tushish tezlanishi 10 m/s^{2}.
Yerdan 600 m balandlikka ko‘tarilganda, havoning bosimi qanday o‘zgaradi?
Ko‘lning qanday chuqurligida (m) bosim atmosfera bosimidan 3 marta katta bo‘ladi? P_{at}=10^{5} Pa, g=10 N/kg.