Mexanik to‘lqinlar mavzusidan test savollari
Tovush havodan suvga o‘tganda tovush to‘lqinining uzunligi necha marta o‘zgaradi? Tovushning suvdagi tezligi 1480 m/s, havodagi tezligi 340 m/s.
20^\circ C li havoda chaqmoq chaqnagandan 10 s o‘tgach, momoqaldiroq ovozi eshitilgan bo‘lsa, chaqmoq kuzatuvchidan qancha masofada (m) chaqnagan? 20^\circ C haroratda tovushning havodagi tezligi 343 m/s ga teng.
Oq fondagi qizil yozuv zangori yorug‘lik filtri orqali qaralganda qanday ko‘rinadi?
Baliqchi suvda hosil bo‘lgan to‘lqinlarning do‘ngliklari orasidagi masofa 6 m ga, ularning ko‘chish tezligi esa 2 m/s ga teng ekanligini payqadi. Uning qarmog‘i po‘kagining bu to‘lqinlar sababli tebranishlari davri qanday (s) ?
Barcha to‘g‘ri tasdiqlarni ko‘rsating. Yorug‘lik dispersiyasi hodisasi - bu ...
1) oq yorug‘likning prizma yordamida monoxromatik nurlarga ajralishi;
2) muhit sindirish ko‘rsatkichining tushayotgan yorug‘lik to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi;
3) yorug‘likning muhitda tarqalish tezligining elektromagnit to‘lqinlar chastotasiga bog‘liqligi;
4) yorug‘likning vakuumda tarqalish tezligining yorug‘lik to‘lqini uzunligiga bog‘liqligi.
Monoxromatik yorug‘lik dastasi vakuumdan absolut sindirish ko‘rsatkichi 1.5 bo‘lgan shaffof muhitga o‘tganda, uning rangi qanday o‘zgaradi?
Quyida sanab o‘tilgan to‘lqinlarning qaysi biri bo‘ylama bo‘ladi?
1) gazlarda tovush to‘lqinlari;
2) suyuqliklarda ultratovush to‘lqinlari;
3) suv sirtidagi to‘lqinlar;
4) radioto‘lqinlar;
5) shaffof kristallarda yorug‘lik to‘lqinlari.
Quyidagi to‘lqinlardan qaysi biri ko‘ndalang emas?
Havoda to‘lqin uzunliklari 100 m, 10 m, 1 m, 1 sm va 1 mm bo‘lgan elastik to‘lqinlar tarqalyapti. To‘lqinlar tezligi hamma to‘lqinlar uchun 340 m/s bo‘lsa, to‘lqinlarning qaysisi eshitilish mumkin bo‘lgan to‘lqin bo‘ladi?
Yorug‘lik bir muhitdan ikkinchi muhitga o‘tganda, uning chastotasi tezligi va to‘lqin uzunligidan qaysi biri o‘zgarmaydi?
Quyida sanab o‘tilgan to‘lqinlarning qaysi birlari ko‘ndalang bo‘ladi?
1) suv sirtidagi to‘lqinlar;
2) radioto‘lqinlar;
3) yorug‘lik to‘lqinlari;
4) gazda tovush to‘lqinlari;
5) suyuqliklarda ultratovush to‘lqinlari.
Musiqa tovushining balandligi nimaga bog‘liq?
Quyidagi to‘lqinlardan qaysi biri bo‘ylama bo‘ladi?
1) suv sirtidagi to‘lqinlar;
2) tovush to‘lqinlar;
3) elektromagnit to‘lqinlar;
4) musiqa asboblari torlarida hosil bo‘ladigan to‘lqinlar.
Agar exolotdan yuborilgan signal 3.2 sekunddan keyin qabul qilingan bo‘lsa, dengizning chuqurligi qanday (km)?Tovushning suvdagi tezligi 1500 m/s.
Agar zangori shisha orqali qizil qog‘ozga qaralsa, u qanday rangda ko‘rinadi?
Aynan bir moddaning chiqarish va yutilish spektrlari orasida qanday bog‘lanish mavjud?
Ushbu hodisalardan qaysilarida oq yorug‘lik monoxromatik nurlarga ajraladi:
1) dispersiya;
2) interferensiya;
3) difraksiya;
4) fotoeffekt;
5) qutblanish.
Quyida keltirilgan ketma-ketliklarning qaysi biri to‘lqin uzunligining kamayishi tartibida yozilgan?
Quyidagi to‘lqinlarning qaysilari bo‘ylama to‘lqinlar turiga kiradi:
1) suv sirtidagi to‘lqinlar;
2) gazlardagi tovush to‘lqinlari;
3) radioto‘lqinlar;
4) suyuqlikda ultratovush to‘lqinlari;
5) yorug‘lik to‘lqinlari?
To‘g‘ri javobni tanlang. Tovush to‘lqinlari qanday chastota oralig‘ini egallaydi?
1.5 m/s o‘zgarmas tezlik bilan tarqalayotgan to‘lqin ustida qayiq tebranmoqda. Agar to‘lqinning bir-biriga eng yaqin ikki do‘ngligi orasidagi masofa 6 m bo‘lsa, qayiqning tebranish davrini (s) hisoblab toping.
Moddaning nurlanish spektridan foydalanib, uning gazsimon atomar holatini suyuq yoki qattiq holatidan qanday farqlash mumkin? Atomar gazning nurlanish spektri qanday?
Quyidagi tabiat hodisasidan qaysi biri yorug‘lik dispersiyasi bilan tushuntiriladi?
Oq qog‘ozga qizil harflar bilan matn yozilgan. Agar zangori shisha orqali qaralsa, harflar qanday rangli tuyiladi?
Ko‘ndalang mexanik to‘lqinlar qanday muhitlar ichida tarqala oladi?
1) gaz; 2) suyuqlik; 3) qattiq jism
Qo‘zg‘almas kuzatuvchi yonidan serinasi yoqilgan avtomobil o‘tdi. Avtomobil yaqinlashayotganida, kuzatuvchi yuqoriroq ohangli tovush eshitadi, uzoqlashayotganida esa pastroq ohangli tovush eshitadi. Agar sirena qo‘zg‘almas bo‘lib, uning yonidan kuzatuvchi o‘tsa, qanday effekt kuzatiladi?
Yashil rangli shishaga qizil siyoh quyilgan. Siyoh qanday rangda ko‘rinadi?
Shaffof muhitda tarqalayotgan ko‘zga ko‘rinuvchi yorug‘lik to‘lqinlaridan qaysi birining tezligi eng katta bo‘ladi?
Bitta moddaning chiqarish va yutilish spektrlari orasida qanday bog‘lanish mavjud?
Ingichka yorug‘lik oqimini spektrga ajratish uchun quyidagi asboblarning qaysilaridan foydalanish mumkin?
1) shisha prizma; 2) difraksion panjara; 3) shisha linza.