O‘zgaruvchan tok mavzusidan test savollari
O‘zgaruvchan tok manbaiga ulangan 100 \Omega aktiv tokka ega bo‘lgan rezistorda tok kuchi I=0.141sin(100t) bo‘yicha o‘zgaradi. Rezistorga tushayotgan kuchlanish ta’sir etuvchi qiymatini (V) toping.
O‘zgaruvchan tok manbaiga ulangan 70 \Omega aktiv tokka ega bo‘lgan rezistorda tok kuchi I=0.141sin(100t) bo‘yicha o‘zgaradi. Rezistorga tushayotgan kuchlanish ta’sir etuvchi qiymatini (V) toping.
O‘zgaruvchan tok manbaiga ulangan 50 \Omega aktiv tokka ega bo‘lgan rezistorda tok kuchi I=0.141sin(100t) bo‘yicha o‘zgaradi. Rezistorga tushayotgan kuchlanish ta’sir etuvchi qiymatini (V) toping.
O‘zgaruvchan tok manbaiga ulangan 40 \Omega aktiv tokka ega bo‘lgan rezistorda tok kuchi I=0.141sin(100t) bo‘yicha o‘zgaradi. Rezistorga tushayotgan kuchlanish ta’sir etuvchi qiymatini (V) toping.
O‘zgaruvchan tok kuchlanishi sinus qonuniga ko‘ra o‘zgaradi, boshlang‘ich faza 30^\circ ga teng deb hisoblab, t=10^{-2} s vaqt momentida kuchlanishni (V) aniqlang. Kuchlanish amplitudasi 200 V, chastota 50 Gs.
O‘zgaruvchan tok kuchlanishi sinus qonuniga ko‘ra o‘zgaradi, boshlang‘ich faza \frac{\pi }{6} ga teng deb hisoblab, t=10 ms vaqt momentida kuchlanishni (V) aniqlang. Kuchlanish amplitudasi 200 V, chastota 50 Hz.
Elektroplitka kuchlanish 127 V li sanoat tarmog‘iga (\nu =50Hz) ulangan. Plitka qo‘yilgan kuchlanishning (V) vaqtga bog‘lanish tenglamasini ko‘rsating. Kuchlanish sinus qonuniga ko‘ra o‘zgaradi deb hisoblang.
O‘zgaruvchan tok zanjirida tokning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi I=5cos(200\pi t) tenglama bilan berilgan. Tebranish chastotasini (Hz) toping.
Ishlab chiqarilgan o‘zgaruvchan elektr toki kuchlanishining ta’sir qiymati 220 V ga teng bo‘lsa, uning maksimal qiymatini (V) toping.
O‘zgaruvchan tok o‘tayotgan zanjir qismidagi kuchlanishi vaqt o‘tishi bilan U=U_{0}sin(\omega t+\frac{\pi}{6}) qonun bo‘yicha o‘garadi. Vaqtning T/12 qiymatida kuchlanishning oniy qiymati 10 V ga teng. Kuchlanishning amplituda qiymatini (V) toping.
Zanjirdagi tokning o‘zgarish qonuni I=0.3cos(100\pi t+\frac{\pi}{2}) ko‘rinishga ega. Shu tokning o‘zgarish davrini (s) toping.
Agar o‘zgaruvchan tok zanjiridagi kuchlanish U=140sin(100\pi t) qonuni bo‘yicha o‘zgarsa, kuchlanishning samarador qiymati nimaga teng (V)?
Ideal tebranish konturidagi tok kuchining o‘zgarish qonuni i=25\cos 10t ko‘rinishga ega. Kondensatordagi zaryadning maksimal qiymati qancha bo‘ladi (\mu C)?
O‘zgaruvchan tok kuchining amplituda qiymati 6 A bo‘lsa, uning samarador qiymati necha amper?