Zaryad. Kulon qonuni mavzusidan test savollari
O‘tkazgichga boshqa jismlar yordamida qanday usul bilan zaryad o‘tkazilganda, unda eng ko‘p zaryad to‘plash mumkin bo‘ladi?
Yaxlit metalldan yasalgan silindrga elektr zaryad berildi. Bu zaryad qayerda joylashadi va qanday taqsimlanadi?
Yaxlit metalldan yasalgan kubga elektr zaryad berildi. Bu zaryad kubning qayerida joylashadi va qanday taqsimlanadi?
Zaryadlari +5q va -10q bo‘lgan ikkita bir xil suv tomchisi qo‘shilsa, umumiy zaryad qancha bo‘ladi?
Metall sharchaga tekkizish yo‘li bilan musbat zaryad berildi. Bunda uning massasi qanday o‘zgaradi?
Metall jism manfiy zaryadlangan. Uning massasi qanday o‘zgargan?
+q zaryadga ega bo‘lgan suv tomchisi ikki tomchiga ajraldi. Birinchi tomchining zaryadi +2q ga teng bo‘lsa, ikkinchi tomchining zaryadi qanday bo‘lishi kerak?
+2q elektr zaryadga ega bo‘lgan tomchidan -q zaryadli tomchi ajraldi. Qolgan tomchining zaryadi qancha?
-2 nKl zaryadli simob tomchisi zaryadi 7 nKl bo‘lgan simob tomchisi bilan qo‘shildi. Hosil bo‘lgan tomchining zaryadi qanday (nKl)?
+q elektr zaryadli suv tomchisi -2q zaryadli suv tomchisiga qo‘shildi. Hosil bo‘lgan tomchining zaryadi qanday bo‘ladi?
8 nKl zaryadli suv tomchisi -10 nKl zaryadli boshqa tomchi bilan birlashdi. Hosil bo‘lgan tomchining zaryadi necha nKl?
Zaryadi +4e bo‘lgan tomchi unga yorug‘lik tushishi natijasida 2 elektronini yo‘qotdi. Tomchining keyingi zaryadi nimaga teng bo‘ladi?
Ikki nuqtaviy zaryaddan biri 16 marta orttirilganda, ularning o‘zaro ta’sir kuchi avvalgidek qolishi uchun ularning orasidagi masofani necha marta orttirish kerak?
Ikkita nuqtaviy zaryad havoda bir- biridan 10 sm masofada F kuch bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Shu zaryadlar moy ichiga tushirilganda ham huddi shunday kuch bilan ta’sirlashishi uchun ularni qanday masofada joylashtirish kerak? (\varepsilon=4)
Kvadratning uchlarida 4 ta bir xil q zaryad joylashtirilgan. Kvadrat markaziga joylashtirilgan zarraga ta’sir etuvchi natijaviy kuch nol bo‘lishi uchun uning zaryadi Q qanday bo‘lishi zarur?
Ozaro ta’sirlashuvchi 2 ta zaryadli zarrachalar orasidagi masofani o‘zgartirmay, biricnhi zaryadni 2 marta, ikkinchisini 3 marta orttirsak, ularning o‘zaro ta’sir kuchi qanday o‘zgaradi?
Bir- biridan r masofada joylashgan q_1 va q_2 nuqtaviy zaryadlar orasidagi masofa 3 marta orttirilsa, ular orasidgi o‘zaro ta’sir kuchi necha marta kamayadi?
Bir xil ishorali q va 3q zaryadli ikkita metall sharcha bir- biridan r masofada turibdi. Sharchalar bir- biriga tekkiziladi va avvalgi vaziyatiga qaytariladi. Bunda o‘zaro ta’sir kuchi qanday o‘zgaradi?
Ikkita zaryad kerosinga botirilganda ular orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi zaryadlar huddi havoda turgandagidek bo‘lishi uchun ularning orasidagi masofani qanday o‘zgartirish lozim? (\varepsilon_{kerosin}=2)
Ikkita nuqtaviy zaryadning har birining miqdori 2 va ular orasidagi masofa 2 martadan orttirilsa, zaryadlar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi qanday o‘zgaradi?
Oralig‘i r_0=const bo‘lgan ikkita zaryad bir- biriga suvda (\varepsilon=81) 0.3 mN kuch bilan ta’sir qiladi. Ular pleksiglasda (\varepsilon=3.3) qanday kuch bilan ta’sirlashadilar?
Uzunligi 100 sm bo‘lgan ipga osilgan, har birining massasi 0.25 g bo‘lgan q_1=q_2 zaryadli ikkita meta sharcha bir- biridan 6 smga qochgan. Har bir sharchaning zaryadini toping.
Ikkita nuqtaviy zaryadlar orasidagi masofaning 3 marta ortishi ular orasidagi ta’sirlashish kuchini qanday o‘zgartiradi?
Ikkita nuqtaviy zaryadlar orasidagi masofa 2 marta kamaytirilsa, ularning o‘zaro ta’sir kuchi qanday o‘zgaradi?
O‘zaro ta’sirlashayotgan ikkita nuqtaviy zaryadlardan birining moduli 2 marta orttirilsa, ularning o‘zaro ta’sir kuchi qanday o‘zgaradi?
Ikkita nuqtaviy zaryadning miqdorini va oralaridagi masofani o‘zgartirmay, vakuum sharoitidan nisbiy dielkektrik singdiruvchanligi 7 ga teng bo‘lgan muhitga ko‘chirilsa, ular orasidagi Kulon kuchi vakuumdagiga nisbatan qanday o‘zgaradi?
Ikki nuqtaviy zaryadni vakuumdan dielektrik singdiruvchanligi \varepsilon=5 bo‘lgan muhitga ular orasidagi masofani o‘zgartirmay ko‘chirsak, o‘zaro ta’sir kuchi qanday o‘zgaradi?
Birining zaryadi -q, ikkinchisiniki +3q bo‘lgan ikkita bir xil metall sharchalar ma’lum masofada o‘zaro ta’sirlashmoqda. Sharchalar bir- biriga tekkizilib, yana avvalgi masofaga surib qo‘yilsa, o‘zaro ta’sir kuchining moduli qanday o‘zgaradi?
Bir- biridan 10 sm masofada joylashgan va zaryadlari 250 nKl va 40 nKl bo‘lgan 2 ta nuqtaviy zaryadlar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchini aniqlang (mN).
Zaryadlar orasidagi masofani 5 smga qisqartirilganda, ular orasidagi ta’sir kuchi 4 marta ortdi. Zaryadlar orasidagi dastlabki masofani toping.