Bug‘lanish. Namlik mavzusidan test savollari



To‘yingan bug‘ bosimining bug‘ hajmiga bog‘lanishi qanday?

Berilgan jumlalardan qaysi biri noto‘g‘ri?

Ta’rifni to‘g‘ri davom ettiring.

Havodagi suv bug‘ining parsial bosimi …

19^\circ C haroratda suv bug‘ining parsial bosimi 1.1 kPa edi. Havoning nisbiy namligini toping.(19^\circ C haroratda to‘yingan bug‘ning bosimi 2.2 kPa)

To‘yingan suv bug‘ining 0^\circ C dagi bosimi 4.6 mm. sim. ust., 35^\circ C da esa 42 mm. sim. ust.ga teng. 0^\circ C da (noyabr oyida) havoning nisbiy namligi 95\% va 35^\circ C dagi (iyul oyi) nisbiy namlik 40\% bo‘lsa, shu ikki holda havodagi suv bug‘i massalarining nisbati qanday bo‘ladi?

Xona havosining nisbiy namligi 100\%. Agar T_1- quruq termometrning, T_2 ho‘l termometrning ko‘rsatishi bo‘lsa, quyidagi ifodalarning qaysi biri to‘g‘ri?

20^\circ C temperaturada 5 m^3 havoda 50 g suv bug‘i bo‘lsa, havoning nisbiy namligi qancha? (20^\circ C temperaturada to‘yingan suv bug‘ining zichligi 17.3 g/m^3)

Xalqaro birliklar sistemasida havoning absolyut namligi qanday birlikda o‘lchanadi?

Quyida bayon etilgan fikrlarning qaysi biri noto‘g‘ri?

Shudring nuqtasi quyida sanab o‘tilgan asboblarning qaysi biri yordamida o‘lchanadi?

Hajmi 10 sm^3 bo‘lgan idishda parsial bosimi 100 kPa bo‘lgan suv bug‘i bor. Agar to‘yingan suv bug‘ining 100^\circ C haroratdagi bosimi 10^5 Pa bo‘lsa, idishdagi havo uchun shudring nuqtasi qanday bo‘ladi?

Quyida keltirilgan fikrlarning qaysi bir noto‘g‘ri?

To‘yingan bug‘ning bosimi uning qaysi parametrlariga bog‘liq?

Quyidagi jumlaning mazmuniga mos ravishda gapni davom ettiring:

Absolyut namlik deb…

1. Berilgan temperaturadagi to‘yingan bug‘ning bosimiga aytiladi;

2. Berilgan temperaturada havodagi suv bug‘ining parsial bosimiga aytiladi;

3. Havodagi to‘yingan bug‘ning massasiga aytiladi;

4. 1 m^3 havoda berilgan temperaturada suv bug‘larining miqdoriga aytiladi;

5. Havoda bo‘lgan suv bug‘ining zichligi bilan o‘lchanadigan kattalikka aytiladi;

O‘zgarmas temperaturada to‘yingan bug‘ning hajmi 4 marta kamaytirilsa, uning bosimi qanday o‘zgaradi?

Shudring nuqtasi nima?

To‘yingan bug‘ning bosimi 20^\circ C da 2.33 kPaga teng. Ushbu holda shudring nuqtasi 9^\circ C ga teng. Nisbiy namlikni aniqlang. (9^\circ C haroratda to‘yingan bug‘ bosimi 1.15 kPa)

Ichida namlikni yutuvchi modda bo‘lgan naycha orqali 20 litr havo o‘tkazildi. Bunda naychaning massasi 400 mgga ortdi. Havoning absolyut namligini aniqlang (g/m^3).

Ichida namlikni yutuvchi modda bo‘lgan naycha orqali 10 litr havo o‘tkazilganda, havoning absolyut namligi 30 g/m^3 ekanligi aniqlangan. Bnda naychaning massasi qanchaga ortgan?

Havoning nisbiy namligi 50\%, temperaturasi 16^\circ C bo‘lsa, absolyut namlik qanday (kg/m^3) ? (16^\circ C temperaturada to‘yingan bug‘ zichligi 13.6\cdot 10^{-3} kg/m^3)

Harorat ortishi bilan havoning absolyut va nisbiy namligi qanday o‘zgaradi?

Temperaturasi 15^\circ C bo‘lgan berk idishda nisbiy namlik 80\% ga teng. Agar temperatura 29^\circ C gacha ko‘tarilsa, nisbiy namlik qanday bo‘ladi? (15^\circ C dagi to‘yingan suv bug‘ining elastikligi 9.2 mm. sim. ust; 29^\circ C da esa 23.8 mm. sim. ust.ga teng)

Havoning namligi qanday bo‘lganida, odam issiq havoga tez moslashadi va nima uchun?

20^\circ C temperaturada 5 m^3 havoda 50 g suv bug‘i bo‘lsa, havoning nisbiy namligi qanday? 20^\circ C temperaturada to‘yingan suv bug‘ining zichligi 17.3 g/m^3.

Quyidagi fizik kattaliklardan qaysi biri birliksiz hisoblanadi?

O‘lchamlari 8x5x3 m bo‘lgan xonadagi harorat 23^\circ C va nisbiy namlik 65\%. Xonada nechta suv molekulasi borligini aniqlang. (\rho_{t. b. (23)} =20.6 gr/m^3)

Rasmda ko‘rsatilgan idishdagi suv naycha orqali chiqishi uchun nima qilish kerak?

ABTSavollar Barcha savollarTasdiqlanmaganRender ErrorsImport qilishVariantlarFoydalanuvchilarFoydalanuvchi balansi Balans tarixiTranzaksiyalarKuponlar Guruhlarni boshqarishKuponlarni boshqarishPaketni yaratishHisobotlarAxborot XabarlarOliygohlarMutaxassisliklarTest kodlariFanlarMavzularHududlarTizim AdministratorlarFoydalanuvchi interfeys tarjimalariKonfiguratsiyaZahira nushalariKeshni tozalashCacheSystem Administrator Mening profilimChiqishAsosiySavollarni boshqarishO‘chirishYii FrameworkMaterial Design×undefined

Kritik haroratdan yuqori haroratda modda qanday agregat holatda bo‘la oladi?

Hajmi 30 m^3 bo‘lgan xonada nisbiy namligi 20\% bo‘lgan 20^\circ C haroratli havo bor. Idishda suv bor. Shu idishdan qancha miqdordagi suv bug‘lantirilsa, xonadagi havoning nisbiy namligi 50\% ga yetadi?(\rho_{t. b. (20)} =17.3 gr/m^3, T=const)

Hajmi 40 m^3 bo‘lgan xonada nisbiy namligi 20\% bo‘lgan 20^\circ C haroratli havo bor. Idishda suv bor. Shu idishdan qancha miqdordagi suv bug‘lantirilsa, xonadagi havoning nisbiy namligi 60\% ga yetadi? (\rho_{t. b. (20)} =17.3 gr/m^3, T=const)