Issiqlik dvigatelarining FIKi mavzusidan test savollari
Bug‘ trubinasiga bug‘ 500^\circ C harorat bilan kirib, undan 30^\circ C harorat bilan chiqib ketadi. Uning FIKini toping.
Ideal issiqlik mashinasida qizdirgichning temperaturasi sovutkichning temperaturasidan 4 marta katta bo‘lsa, uning FIKi qanday?
Isitgichning harorati 150^\circ C, sovutkichning temperaturasi 20^\circ C. ideal issiqlik mashinasining FIKini toping.
Isitgichining harorati 500^\circ C bo‘lgan issiqlik mashinasining FIKi 50\%. Sovutkichning mutlaq harorati qancha?
Isitgichining harorati 227^\circ C, sovutkichiniki 27^\circ C bo‘lgan issiqlik mashinasining maksimal FIKini toping.
Sovutkichning absolyut harorati isitgichning absolyut haroratining uchdan biriga teng. Ideal issiqlik mashinasining FIKini toping.
Ideal issiqlik mashinasining FIKi 60\% bo‘lishi uchun uning isitgichining harorati qanday bo‘lishi kerak? (sovutkichning harorati 300 K)
Ideal issiqlik mashinasida isitgichning mutlaq harorati sovutkichning mutlaq haroratidan 2 marta katta bo‘lsa, bu mashinaning FIKi qanday?
FIK ining maksimal qiymati 70\% bo‘lishi uchun isitgichning harorati 727^\circ C bo‘lgan issiqlik mashinasi sovutkichining harorati qanday bo‘lishi kerak?
Ideal issiqlik mashiasi isitgichining harorati 117^\circ C, sovutkichining harorati 27^\circ C. mashinaning FIKini toping.
Quyidagi mexanizm va mashinalarning qaysi birlari issiqlik mashinalariga kiradi?
1) bug‘ mashinasi; 2) elektrogenerator; 3) elektrodvigatel;
4) reaktiv dvigatel; 5) ichki yonuv dvigateli; 6) shamol tegirmoni;
7) bug‘ trubinasi;
FIKi 40\% bo‘lgan issiqlik mashinasi bir siklda 100 kJ ish bajargan bo‘lsa, u isitgichdan qancha issiqlik miqdori olgan?
Issiqlik mashinalarida ishchi jismning qaysi energiyasi hisobiga ish bajariladi?
Issiqlik mashinasining FIKi 30\%, isitgich va sovutkichning haroratlari farqi 210 K bo‘lishi uchun, isitgichning harorati qanday bo‘lishi kerak?
Issiqlik dvigateli isitgichdan har sekundda 7200 kJ issiqlik oladi va sovutkichga 6400 kJ issiqlik uzatadi. Dvigatelning FIKi qanday?
FIKi 25\% bo‘lgan issiqlik mashinasi sovutkichga 600 J issiqlik beradi. U qanday foydali ish bajaradi?
Ideal issiqlik dvigatelida isitgichning mutlaq harorati sovutkichning haroratiga nisbatan 3 marta yuqori. Isitgich gazga 42 kJ issiqlik bergan. Bu gaz qancha ish bajargan?
FIKi \eta bo‘lgan issiqlik dvigatelida gazning bajargan ishini 13 marta orttirish uchun isitgichdan olinadigan issiqlik miqdorini qanday o‘zgartirish kerak?
Issiqlik mashinasida sovutkichning harorati 300 K, isitgichning harorati 600 Kga teng. Agar isitgichning harorati 2 marta ortsa, uning FIKi necha foizga va qanday o‘zgaradi?
FIK ining maksimal qiymati 50\% bo‘lishi uchun isitgichining harorati 527^\circ C bo‘lgan issiqlik mashinasi sovutkichining harorati qanday bo‘lishi kerak?
Issiqlik mashinasi sikl davomida isitgichdan 100 J issiqlik oldi va sovutkichga 60 J issiqlik berdi. Mashinaning FIKini toping.
Ichki yonuv dvigatelining klapanlari yopiq. Qisilgan yonuvchi aralashma elektr uchqunida alangalangach, qanday jarayon (takt) sodir bo‘ladi?
Quyida bayon etilgan fikrlarning qaysi biri noto‘g‘ri?
FIKi 40\% bo‘lgan issiqlik mashinasi bir siklda sovutkichga 42 kJ issiqlik beradi. Mashina bir siklda qancha ish bajaradi?
Ideal issiqlik mashinasi isitgichining harorati 327^\circ C bo‘lib, sovutkichining harorati 127^\circ Cga teng. Shu ideal mashinaning FIKini 2 marta orttirish uchun isitgichining haroratini necha gradusga oshirish kerak?
Isitgichning harorati 427^\circ C bo‘lib, sovutkichning harorati 127^\circ C ga teng. Issiqlik mashinasi bir siklda 600 J issiqlik olib, sovutkichga 400 J issiqlik beradi. Real mashinaning FIKi ideal mashina FIKining qancha qismini tashkil qiladi?
Ideal issiqlik dvigatelida isitgich bilan sovutkich haroratlarining farqi 175^\circ C. issiqlik mashinasining FIKi 35\% bo‘lsa, sovutkichning temperaturasini toping.
Ideal issiqlik dvigatelida sovutkichning temperaturasi 62^\circ C, issiqlik dvigatelining FIKi 33\% bo‘lsa, isitgich bilan sovutkich temperaturalari orasidagi farqni toping.
Ideal issiqlik mashinasidagi gaz isitgichdan olgan issiqligining 70\% ini sovutkichga beradi. Agar isitgichning harorati 227^\circ C bo‘lsa, sovutkichning harorati qanday?
Agar sovutkichning harorati 27^\circ C bo‘lsa, issiqlik mashinasining FIKi 60\% bo‘lishi uchun isitgichining harorati kamida qanday bo‘lishi kerak?