Ish, issiqlik miqdori. Issiqlik balans tenglamasi mavzusidan test savollari
1 mol bir atomli gaz o‘zgarmas hajmda 9^\circ C gacha qizdirildi. Gaz bosimi uch marta ortgan bo‘lsa, gazga qancha issiqlik (J) berilgan?
Elektrolitik yo‘l bilan bir xil massali alyuminiy va mis olishga sarf bo‘ladigan elektr energiyasi sarflarini solishtiring. Vannada kuchlanish normaga ko‘ra alyuminiy olishdan misni tozalashdagi kuchlanishdan o‘n to‘rt marta katta. Alyuminiy va mis uchun mos ravishda k_{Al} = 0.093mg/C, k_{Cu}= 0.33 mg/C.
160 gr massali neon gazini izoxorik ravishda 100 K ga qizdirish uchun qancha issiqlik miqdori kerak bo‘ladi? (J) M=20 g/mol.
Ichida havosi bo‘lgan 0.5\cdot 10^{-3}m^{3} hajmli kolba 500 K gacha qizdirilib, og‘zi bilan suvga tushirildi. Agar temperatura 300 K gacha pasaygan bo‘lsa, kolba ichiga kigan suvning massasini (kg) toping.
Elektroliz vaqtida 0.4 MJ energiya sartlangan bo‘lsa, ajralgan nikel massasini aniqlang (g). Katod va anod orasidagi potensiallar farqi 9 V ga, qurilmaning FIK 75\% ga, nikelning elektrokimyoviy ekvivalenti 0.3 mg/C ga teng.
Suv 2 K ga isitilsa, har bir molekulasining o‘rtacha energiyasi qanchaga (J) ortadi? Suv uchun C = 4200 J/kg\cdot K;M = 18 g/mol; N_{A} = 6\cdot 10^{23} mol^{-1}.
Qozonda 3 tonna suvni isitish uchun 0.04 tonna toshko‘mir yoqilgan. Suvning boshlang‘ich temperaturasi 10^\circ C va yoqilg‘ining issiqlik berishi 60 \%, qozondagi suv necha gradusgacha isiydi? c = 4200 J/ (kg \cdot K);q = 3\cdot 10^{7} J/kg.
2 kg 80^\circ C li suvni 60^\circ C gacha sovutish uchun unga 10^\circ C li sovuq suvdan qancha (l) qo‘shish kerak?
Harorati 90^0 bo‘lgan 2 kg suvga qancha (kg) 0^0C li muz solinsa, to‘liq erib ketadi? Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg, c = 4200 J(kg \cdot^0C).
Ichida havosi bo‘lgan 0.5\cdot 10^{-3}m^{3} hajmli kolba 500 K gacha qizdirilib, og‘zi bilan suvga tushirildi. Agar temperature 300 K gacha pasaygan bo‘lsa, kolba ichiga kirgan suvning massasini (kg) toping.
Massasi 1000 g bo‘lgan 10^0C li suvni 0^0C gacha sovutish uchun unga 0^0C li muzdan qancha (g) solish kerak (muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg, suvning solishtirma issiqlik sig‘imi 4200 J/kg \cdot K)?
Isitkichining harorati 350^\circ C, sovutkichiniki esa 20^\circ C. Agar ishchi jism isitkichdan 100 kJ issiqlik miqdori olgan bo‘lsa, shu dvigatelning bajargan ishini (kJ) toping.
Elektrolitik vannadagi kuchlanish texnik normalariga ko‘ra 0.4 V ga teng bo‘lsa, 1000 kg misni tozalash uchun energiya sarfi (J) qancha bo‘ladi? k = 0.33 \cdot 10^{-6} kg/C
Bir atomli ideal gaz izobarik kengayib 120 kJ ish bajaradi. Bunda unga qancha miqdorda (kJ) issiqlik uzatilganini hisoblang.
O‘zaro kimyoviy reaksiyaga kirishmaydigan bir xil massali temperaturalari t_{1} = 10^\circ {C}, t_{2} = 20^\circ {C}, t_{3} = 30^\circ {C} va solishtirma issiqlik sig‘imlari c_{1} = 2 kJ, c_{2} = 3 kJ, c_{3} = 5 kJ bo‘lgan 3 ta suyuqlik aralashtirildi. Aralashmani temperaturasi (^\circ {C}) qancha?
O‘lchamlari 60x20x5 sm^{3} bo‘lgan po‘lat plitani qizdirish uchun 1680 kJ issiqlik sarflangan bo‘lsa, plitaning hajmi (sm^{3}) qanchaga o‘zgargan? Po‘latning zichligi 7800 kg/sm^{3}, solishtirma issiqlik sig‘imi 460 J/(kg K), chiziqli kengayishning termik koeffitsiyenti 1.2\cdot 10^{-5}K^{-1}.
Harorati 80^\circ {C} bo‘lgan 2 kg suvga 0^\circ {C} qancha (kg) muz solinsa, to‘liq erib ketadi? Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg, c = 4200 J/(kg^\circ {C}).
273 K temperaturadagi 1 kg suvni batamom bug‘ga aylantirish uchun qancha issiqlik (MJ) berish kerak? Suvning solishtirma issiqlik sig‘imi 4200J/kg\cdot K solishtirma bug‘ hosil bo‘lish issiqligi 2.3\cdot 10^{6} J/kg ga teng.
0^\circ {C} li muz bolagi qanday balandlikdan (km) erkin tushib yerga urilganda to‘la erib ketadi? Muz bo‘lagining yerga urilishi natijasida hosil bo‘lgan energiyaning 50\% muzga beriladi deb hisoblang. Muzning solishtirma erish issiqligi 330\cdot 10^{3} J/kg,g = 10 m/s^{2} deb oling.
Temperaturalari t_{1} = 10^\circ {C}, t_{2} = 20^\circ {C}, t_{3} = 30^\circ {C} va solishtirma issiqlik sig‘imlari c_{1} = 2 kJ/kg\cdot K, c_{2} = 3 kJ/kg\cdot K, c_{3} = 5 kJ/kg\cdot K bo‘lgan, o‘zaro reaksiyaga kirishmaydigan, bir xil massali uchta suyuqlik aralashtirildi. Aralashmaning temperaturasini (^\circ {C}) aniqlang.
Silindrdagi ko‘ndalang kesim yuzi 1 dm^{2} bo‘lgan porshen ostida 1 mol havo bor. Silindrni 100 K ga qizdirilsa, gaz massasi 5 kg porshenni yuqoriga kotaradi. Porshenning ko‘tarilish balandligini (sm) toping. Atmosfera bosimini 10 Pa deb oling.
Temperaturasi 27^0C bo‘lgan 260g kislorod izobarik qizdirilganda hajmi 2 marta ortdi. Kislorodni qizdirishga ketganissiqlik miqdorini (kJ) toping. C = 0.92kJ/kg \cdot K
Massasi va boshlang‘ich temperaturasi bir xil bo‘lgan vodorod va geliy gazlari 70 K ga qizdirildi. Vodorodni qizdirishda bajarilgan ish A_{1} va geliyni qizdirishda bajargan ish A_{2} lar qanday munosabatda bo‘ladi? (P = const)
25 kg toshko‘mir batamom yonganda qancha issiqlik (J) ajralib chiqadi? q = 2.7\cdot 10^{7} J/kg
Haroratlari 50^0C va 0^0C bo‘lgan ikki miqdor suv aralashtirilganida yakuniy harorat 20^0C bo‘lishi uchun suvlaming massalari qanday nisbatda olinishi kerak?
Boshlang‘ich tezligi (m/s) qanday bo‘lgan qo‘rg‘oshin o‘q to‘siqqa urilganda butunlay erib ketadi? O‘qning boshlang‘ich harorati 27^0C. Qo‘rg‘oshinning erish issiqligi 25 kJ/kg, erish harorati 327^0C, solishtirma issiqlik sig‘imi 130 J/(kgK).
1 kW quvvatga ega bo‘lgan dvigatel 200 g/soat dizel yonilg‘isi sarflasa, uning FIKni (\%) aniqlang. Dizel yonilg‘ining solishtirma yonish issiqligi 46\cdot 10^{6}J/kg.
Suv 1 K ga isitilsa, har bir molekulasining o‘rtacha energiyasi qanchaga (J) ga ortadi? Suv uchun C = 4200 J/kg\cdot K
Vannada 36^\circ {C} haroratli 550 kg massali suv tayyorlash uchun aralashtirilgan, haroratlari 11^\circ {C} va 66^\circ {C}bo‘lgan sovuq va issiq suvlarning massalarini (kg) toping.
Balandligi 210m bo‘lgan sharsharadan tushayotgan suvning pastdagi temperaturasi sharshara boshidagi temperaturasidan qancha (^\circ {C}) ortiq? Suvning solishtirma issiqlik sig‘imi 4200 J/(kg\cdot K). Mexanik energiya suvning isishi uchun sarf bo‘ladi.