Issiqlik harakatining energiyasi mavzusidan test savollari



{}_{18}{}^{39}Ar izotoplari planeta sirtiga yaqin shu planeta uchun birinchi kosmik tezlikka teng bo‘lgan issiqlik harakatida bo‘lmoqda. Agar planeta sirtida erkin tushish tezlanishi 1.2 m/s^{2}. atmosfera temperaturasi esa 3900 K bo‘lsa, planeta radiusini (m) aniqlang.

7sm^{3} hajmdagi barcha kislorod molekulalarining 0^0C haroratdagi ilgarilanma harakati kinetik energiyasini (J) toping. Molekulalarning konsentratsiyasi 2.7\cdot10^{25} m^{-3}, Bolsman doimiysik = 1.38\cdot10^{-23} J/K.

Normal sharoitda bitta gaz molekulasi ilgarilanma harakatining o‘rtacha kinetik energiyasini (J) hisoblang.

Harorati -73^0C bo‘lgan gaz molekulalari ilgarilanma harakat kinetik energiyasini 3 marta ortirish uchun gazni qanday haroratgacha (^0C) qizdirish kerak?

1000 K temperaturada 1 mol neon molekulalari ilgarilanma harakatining kinetik energiyasini (J) toping. N_{A} = 6\cdot10^{23} l/mol,  k = 1.38\cdot10^{-23} J/K


Ideal gazning harorati 87^0C va konsentratsiyasi 1\cdot10^{12} m^{-3} bo‘lsa, shu gazning bosimini (nPa) va molekulalari ilgarilanma harakatining o‘rtacha kinetik energiyasini (J) toping.

Gaz molekulalari ilgarilanma harakatining o‘rtacha kinetik energiyasi 4.14\cdot10^{-21} J bo‘lgan gazning temperaturasini aniqlang (K).

Bosimi 3\cdot10^{5} Pa va hajmi 0.6 m^{3} ga teng bo‘lgan bir atomli ideal gaz molekulalarining to‘liq kinetik energiyasini hisoblang (kJ).

Bir atomli gaz molekulalarining ilgarilanma harakat o‘rtacha kinetik energiyasi 1.8\cdot10^{-20} J va bosimi 2.4\cdot10^5 Pa bo‘lsa, gaz molekulalarining konsentrasiyasi qanday bo‘lgan (m^{-3})?

Idishdagi 2\cdot10^{-24} ta molekulaga ega bo‘lgan bir atomli ideal gazning temperaturasi 20 K ga ortganda, uning ichki energiyasi qanchaga o‘zgaradi (J)?

Hajmi 1.8 l bo‘lgan idishga geliy gazi solingan. Idish ichidagi gazning bosimi 140 kPa. Agar idish ichidagi gaz temperaturasi 30^0C bo‘lsa, gaz molekulalarining issiqlik harakat energiyasi nimaga teng (J)? Geliyning molyar massasi 4 g/mol.

Hajm birligidagi molekulalar soni 4.5\cdot10^{25} m^{-3} va bosimi 6\cdot10^{5} Pa bo‘lgan bir atomli gaz molekulalarining o‘rtacha kinetik energiyasini baholang (J).

Idishdagi bir atomli gaz molekulalarining konsentrasiyasi 3\cdot10^{25} m^{-3} va bosimi 90 kPa ga teng bo‘lsa, gaz molekulalarining o‘rtacha kinetik energiyasi nimaga teng bo‘ladi (J)?

Ballondagi bir atomli ideal gazning bosimi 400 kPa ga. uning molekulalari konsentrasiyasi 3\cdot10^{25} m^{-3} ga teng. Molekulalar issiqlik harakatining kinetik energiyasi qanday (J)?

Ushbu x = \frac{2E}{3k} ifodada E - ideal gaz molekulasining o‘rtacha kinetik energiyasi. k - Bolsman doimiy bo‘lsa, x qanday kattalik bo‘ladi?

Doiraviy metall plastinkaga uchi plastinka markazida yotgan teng tomonli uchburchak chizilgan. Plastinka isitilganda bu uchburchakning shakli qanday o‘zgaradi?

Massasi 2\cdot10^{-25} kg bo‘lgan uglerod atomining kinetik energiyasi 2.5\cdot10^{-20} J bo‘lsa, uning harakat tezligi qancha (m/s)?

27^0C temperaturada vodorod molekulasi ilgarilanma harakatining o‘rtacha kinetik energiyasi qanday (J) bo‘ladi? k = 1.38\cdot10^{-23} J/K

Elastiklik moduli turlicha (E_{1} < E_{2}) bo‘lgan ikki qotishmadan ko‘rinishi bir xil bo‘lgan ikki prujina tayyorlangan. Bir xil kuch ta’sirida elastik deformatsiyalanganda. qaysi prujina kattaroq potensial energiyaga ega bo‘ladi?

To‘g‘ri tasdiqni ko‘rsating. Qattiq jismlardagi atom yoki molekulalarning tartibsiz harakati ...

1) to‘qnashishlar orasidagi erkin to‘g‘ri chiziqli tekis harakat va to‘qnashishlar paytida tezlikning kattalik va yo‘nalish jihatdan keskin o‘zgarishidan iborat;

2) ularning muvozanat vaziyati atrofidagi tartibsiz tebranishlaridan iborat;

3) ularning muvozanat vaziyati atrofidagi tartibsiz tebranishlari va qo‘shni vaziyatga sakrab o‘tishlaridan iborat;

4) molekulalarning o‘zaro joy almashib uzluksiz sakrashlaridan iborat.

Balandligi 20 m bo‘lgan g‘isht devor asosida hosil bo‘ladigan mexanik kuchlanishni (kPa) aniqlang. G‘ishtning zichligi 1800 kg/m^{3}.

Ballondagi gazning bir qismini chiqarib yuborish natijasida bosim 4.5 marta kamaysa, absolyut temperatura esa 3 marta pasaysa, ballondagi gazning massasi necha marta kamaygan bo‘ladi?

Ballondagi gazning bir qismini chiqarib yuborish natijasida bosim 4.5 marta kamaysa, absolyut temperatura esa 2.5 marta pasaysa, ballondagi gazning massasi necha marta kamaygan bo‘ladi?

Ballondagi gazning bir qismini chiqarib yuborish natijasida bosim 3 marta kamaysa, absolyut temperatura esa 2 marta pasaysa, ballondagi gazning massasi necha marta kamaygan bo‘ladi?

Ballondagi gazning bir qismini chiqarib yuborish natijasida bosim 6 marta kamaysa, absolyut temperatura esa 2.5 marta pasaysa, ballondagi gazning massasi necha marta kamaygan bo‘ladi?

Ballondagi gazning bir qismini chiqarib yuborish natijasida bosim 5.5 marta kamaysa, absolyut temperatura esa 3.5 marta pasaysa, ballondagi gazning massasi necha marta kamaygan bo‘ladi?

Ballondagi gazning bir qismini chiqarib yuborish natijasida bosim 4 marta kamaysa, absolyut temperatura esa 2 marta pasaysa, ballondagi gazning massasi necha marta kamaygan bo‘ladi?

Balloridagi gazning bir qismini chiqarib yuborish natijasida bosim 1.8 marta kamaysa, absolyut temperatura esa 1.5 marta pasaysa, ballondagi gazning massasi necha marta kamaygan bo‘ladi?

Ballondagi gazning bir qismini chiqarib yuborish natijasida bosim 3.5 marta kamaysa, absolyut temperatura esa 2.5 marta pasaysa, ballondagi gazning massasi necha marta kamaygan bo‘ladi?

Ballondagi gazning bir qismini chiqarib yuborish natijasida bosim 4 marta kamaysa, absolyut temperatura esa 2.5 marta pasaysa, ballondagi gazning massasi necha marta kamaygan bo‘ladi?