Modda miqdori. Molekulalar soni. Molekular kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi mavzusidan test savollari



Jismning absolyut temperaturasi 300 K. Jismning harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha … ga teng.

10 sutkada stakandagi 100 gramm suv butunlay bug‘lanib ketdi. Suv sathidan 1 sekundda o‘rta hisobda nechta molekula uchib chiqqan?

Uglerodning massasi 7.5 mol kislorodning (O_2) massasiga teng bo‘lishi uchun uning modda miqdori qancha bo‘lishi kerak?

20 mol sulfat (H_2SO_4) kisotadagi atomlar soni 10 mol nitrat kislotadagi (HNO_3) atomlar sonidan necha marta ko‘p?

Bitta sulfat kislota (H_2SO_4) molekulasining massasini toping. (A_r(H) =1 m. a. b. A_r(S) =32 m. a. b. A_r(O) =16 m. a. b.)

Yuzasi 40 sm^2 bo‘lgan tekislik 5 mm qalinlikdagi muz bilan qoplangan. Muz qatlamida nechta vodorod atomi borligini hisoblang.

5 mol vodorod sulfidning (H_2S) massasini toping. (A_r(H) =1 m. a. b. A_r(S) =32 m. a. b.)

12 mol suvning (H_2O) massasi sulfat kislotaning (H_2SO_4) massasiga teng bo‘lishi uchun sulfat kislotaning modda miqdori qanday bo‘lishi kerak? (A_r(H) =1 m. a. b. A_r(O) =16 m. a. b. A_r(S) =32 m. a. b. )

6 mol nitrat kislotaning (HNO_3) massasi 4 mol ozonning (O_3) massasidan qanchaga ko‘p? (A_r(H) =1 m. a. b. A_r(N) =14 m. a. b. A_r(O) =16 m. a. b.)

Bitta nitrat kislota (HNO_3) molekulasining massasini toping. (A_r(H) =1 m. a. b. A_r(N) =14 m. a. b. A_r(O) =16 m. a. b.)

54 gramm suvda nechta proton borligini toping. (\mu_{suv}=18 gr/mol; N_A=6 \cdot 10^{23} mol^{-1})

72 sm^3 hajmli suvda nechta neytron borligini aniqlang. (\mu_{suv}=18 gr/mol; N_A=6\cdot10^{23} ta)

Idishdagi nitrat kislotasining (HNO_3) massasi 94.5 gr. Kislotaning modda miqdorini toping.

36 litr suvda nechta vodorod atomi bor? (N_A=6 \cdot 10^{23} mol^{-1})

3.6 gramm suvda nechta vodorod atomi bor? (N_A=6 \cdot 10^{23} mol^{-1})

Moddaning nisbiy molekulyar massasi deb … ga aytiladi.

Moddaning molyar massasi deb … ga aytiladi.

Hajmi 300 sm^3 bo‘lgan stakandagi suvda jami nechta atom bor? (N_A=6\cdot10^{23} mol^{-1})

8 gramm ozonda (O_3) nechta kislorod atomi bor? (A_O=16 g/mol; N_A=6\cdot10^{23} mol^{-1})

Selsiy shkalasi bo‘yicha olingan 645^\circ C harorat qiymatiga Kelvin shkalasi bo‘yicha qanday qiymat to‘g‘ri keladi?

Suv (H_2O) tomchisining massasi 3\cdot10^{-9} g. U nechta molekuladan tashkil topgan? (N_A=6\cdot10^{23} mol^{-1})

Ikki mol suvning massasini toping.

50 gramm kalsiy karbonatda (CaCO_3) nechta molekula bor? (A_r(Ca) =40; A_r(C) =12 va A_r(O) =16)

Kislorodning nisbiy atom massasi m_A(O) =16 m. a. b., vodorodniki m_A(H) =1 m. a. b., oltingugurtniki m_A(S) =32 m. a. b. Sulfat kislota (H_2SO_4) ning to‘rt moli massasini aniqlang (g).(1 m. a. b. =1.66\cdot10^{-27} kg. N_A=6\cdot10^{23} mol^{-1})

4 gramm suvdagi molekulalar soni 2 gramm vodoroddagi molekulalar sonidan necha marta kam? (M_{suv}=18 g/mol, M_{vodorod}=2 g/mol)

Sirti 20 sm^2 bo‘lgan buyumga 1 mkm qalinlikda kumush qatlami qoplandi. Qoplamada qancha kumush atomi bor? (\rho_{kumush}=10.5 g/sm^3. M_{kumush}=108 g/mol)

Ballonda 16 gramm kislorod bor. Ballondagi kislorod atomlari sonini toping. (N_A=6\cdot 10^{23} mol^{-1}. M_r=32 g/mol)

Idishda 96 gramm kislorod va 72 gramm suv bug‘i bor. Idishdagi umumiy modda miqdorini toping.

Hajmi 6.02 dm^3 bo‘lgan germetik berk idishda 3 mol kislorod gazi bor. Idishdagi gazning konsentratsiyasini toping (m^{-3}).

Ballonda 4 gramm vodorod bor. Ballondagi vodorod atomlari sonini toping. (N_A=6\cdot 10^{23} mol^{-1}. M_r=2 g/mol)