Suyuqlik va gazlar mexanikasi mavzusidan test savollari



Sirt yuzasi 20 m^{2} bo‘lgan qurilmaning sirtiga 1 mkm qalinlikda oltin qatlami qoplandi. Qoplamda nechta oltin atomi bor? Avagadro doimiysi N_{A} = 6.02\cdot 10^{23} mol^{-1}, oltinning atom massasi 197 m.a.b.

Massasi 140 g bo‘lgan xlor molekulalarining sonini aniqlang. M_{Cl} = 70\cdot10^{3} kg/mol, N_{A} = 6.02\cdot10^{20} mol^{-1}.

0.009 kg suvdagi molekulalar sonini toping.

0.064 kg kisloroddagi molekulalar soni nechta? N_{A} = 6\cdot10^{23} mol^{-1}.

CO_{2} gazning 10 mol miqdorida necha gramm massa bor?

Suv molekulasi H_{2}O ning massasi necha kg? Vodorod va kislorod atomlari massalarini mos ravishda 1 va 16 m.a.b. ga teng deb oling. N_{A} = 6\cdot 10^{23} mol^{-1}.

Piyolaga to‘latib quyilgan 180 g suv bir haftada to‘la bug‘lanib ketdi. Piyoladan bir sekundda o‘rta hisobda nechtadan molekula bug‘lanib turganligini (baholang) chamalab aniqlang. Vodorod va kislorod atomlari massalari mos ravishda 1 va 16 m.a.b. Avogadro doimiysi N_{A}= 6\cdot10^{23} mol^{-1}.

Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy qoidalari qaysi javobda nisbatan to‘liq bayon qilgan?

Kislorodning molyar massasi 0.032 kg/mol. Kislorod molekulasinina massasi nimaga teng? N_{A} = 6.02\cdot10^{23} 1/mol.

Berk idishdagi gaz molekulalari soni 68 marta kamaytirildi. Gazning massasi qanday o‘zgargan?

Meyordagi (normal) sharoitda CO_{2} gazi molekulalari orasidagi O‘rtacha masofa qancha bo‘ladi?

Ta’rifni to‘ldiring. Avogadro doimaysi ...

Broun harakati deyilganda, nima tushuniladi?

5 mol kislorodning massasini toping. Kislorodning molyar massasi 32\cdot10^{-3} kg/mol.

2 g vodoroddagi molekulalar sonini aniqlang. N_{A}= 6\cdot10^{23} mol^{-1}; M = 2\cdot10^{-3} kg/mol.

Massasi 1.187 kg bo‘lgan qalay bolagida qancha atom bor? Qalayning molyar massasi M = 118.7 g/mol, N_{A}= 6\cdot10^{23} mol^{-1}.

Modda miqdorlari teng bo‘lgan qalay va nikel quymalarning massalarini taqqoslang. Qalayning molyar massasi M_{k}= 118.7 g/mol, nikelniki esa M_{N}= 58.7 g/mol.

36 g suvdagi molekulalar soni 2 g vodoroddagi molekulalar sonidan necha marta ko‘p?

Gazning bitta molekulasining massasi 4.8\cdot10^{-23} kg ga teng. Shu gazning molyar massasini hisoblang(g/mol) N_{A}= 6\cdot10^{23} mol^{-1}.

Idishdagi gaz massasining 84\% azot, 16\% kislorod tashkil qilsa, bitta kislorod molekulasiga nechta azot molekulasi to‘g‘ri keladi? M_{A} = 28 g/mol; M_{k}= 32 g/mol.

16 g kislorod moddasining miqdorini (mol) aniqlang. M = 32\cdot10^{-3} kg/mol.

0.3 g li suv tomchisida qancha suv molekulasi bor?N_{A}= 6\cdot10^{23} mol^{-1}.

Hajmlari teng bo‘lgan suv N_{S} va muzdagi (N_{M}) molekulalar sonini taqqoslang.

Temperaturasi 27^\circ C bo‘lgan 5\times10\times3 m^3 o‘lchamli xonada necha mol havo bor? Atmosfera bosimi 10^{5} Pa ga teng.

3.01\cdot10^{26} ta temir atomining massasini hisoblang (kg). Temirning molyar massasi 56 g/mol, N_{A}= 6.02\cdot10^{23} mol^{-1}.

Bitta uglerod atomining massasini aniqlang (kg). M = 12 g/mol; N_{A}= 6\cdot10^{23} mol^{-1}.

2 mol suv qancha hajmni egallaydi (sm^{3})?

36 sm^{3} hajmdagi suvda nechta molekula bor?N_{A}= 6\cdot10^{23} mol^{-1}.

Molyar massasi 235 g/mol bo‘lgan elementning Mendeleyev davriy sistemasidagi tartib raqami 92 bo‘lsa, element atomi yadrosidagi neytronlar soni nechta bo‘ladi?

Avogadro soni deb qanday fizik kattalikka aytiladi?