Impuls. Impulsning saqlanish qonuni. Reaktiv harakat mavzusidan test savollari
Birinchisining tezligi 4 m/s, ikkinchisiniki esa 6 m/s bo‘lgan ikkita bir xil elastik jism bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab bir tarafga harakatlanmoqda. Ularning to‘qnashuvdan keyingi tezliklarini toping (m/s larda).
Tezligi 0.3 m/s, massasi 30 t bo‘lgan vagon tezligi 0.2 m/s massasi 20 t bo‘lgan vagonni quvib yetadi va unga ulanib qoladi. Vagonlarning birgalikdagi tezligi necha sm/s ga teng?
Massasi 200 g bo‘lgan koptok 5 m/s tezlik bilan devorga urilib, xuddi shunday tezlik bilan orqaga qaytdi. Koptok impulsining o‘zgarishini (kg\cdot m/s) aniqlang.
Jism harakati x = 20 + 8t + 3t^{2} tenglama bilan ifodalanadi. Agar jismning massasi 4 kg bo‘lsa, 2 sekunddan so‘ng uning impulsi (kg m/s) qanchaga o‘zgaradi?
Massasi 2 m bo‘lgan sharcha v tezlik bilan harakatlanmoqda. Massasi 3m bo‘lgan boshqa shar qarama- qarshi tomondan harakatlanib, birinchi shar bilan noelastik to‘qnashdi. Sharlar to‘qnashganda to‘xtab qolishi uchun ikkinchi sharcha qanday tezlikka ega bo‘lishi kerak?
m massali aravacha v tezlik bilan harakatlanmoqda. U xuddi shunday massali tinch turgan aravacha bilan absolyut noelastik to‘qnashadi. Ularning to‘qnashgandan keyingi kinetik energiyalarini aniqlang.
Markazlari bitta to‘g‘ri chiziqda yotgan 10 ta bir xil o‘lchamli va bir xil massali sharlar bir- biridan uncha katta bo‘lmagan masofada joylashgan. Chetdagi sharga sharlarning markazlarini birlashtiruvchi chiziq bo‘ylab yo‘nalgan. \upsilon _{0} = 10 m/s tezlikka ega bo‘lgan xuddi shunday shar uriladi. Sharlarning urilishini absolyut elastik deb hisoblab, oxirgi sharning tezligini toping.
Massasi 1 kg bo‘lgan raketada 200 g porox bor. U 500 m balandlikka vertikal ko‘tarildi. Porox bir onda portladi deb hisoblab, gazning chiqish tezligi qanchaga teng bo‘lishini toping.
\upsilon tezlik bilan devorga tik urilib qaytgan m massali jismning kinetik energiyasi 4 marta kamaydi. To‘qnashishdagi kuch impulsi qanchaga teng bo‘ladi?
2\upsilon va \upsilon tezlik bilan bir- biriga tomon harakatlanayotgan ikkita bir xil shar mutlaq noelastik to‘qnashsa, necha marta kamayadi?
2\upsilon va \upsilon tezlik bilan bir-biriga harakatlanayotgan ikkita bir xil mutlaq noelastik to‘qnashdi. To‘qnashishdan keyingi tezlikni toping.
Tinch turgan jismga bir xil masofada 2 marta katta tezlik berish uchun kuchni necha marta oshirish lozim?
Qayiqda suzib borayotgan ovchi miltiqdan ketma-ket 5 ta o‘q otganda, qayiq to‘xtab qoldi. Odam bilan qayiqning massasi 200 kg, bitta o‘qning massasi 20 g, uchib chiqish tezligi 800 m/s bo‘lsa, qayiqning tezligi qanday bo‘lgan?
10 m/s tezlik bilan gorizontal harakatlanayotgan 200 g massali koptok vertikal devorga urilib qaytdi. Urilish mutlaq elastik bo‘lsa, koptok impulsining o‘zgarishi qanday bo‘ladi?
Taxtani teshib o‘tish natijasida o‘qning tezligi 2 marta kamaydi. O‘qning dastlabki energiyasining qancha qismi taxtani teshib o‘tishga sarf bo‘lgan?
Massasi 5 kg bo‘lgan jism 4 m/s bilan aylana bo‘ylab harakat qilmoqda. Aylananing yarimini o‘tgandagi jism impulsining o‘zgarishini toping.
Tinch holatdagi massasi 2 kg bo‘lgan jism 2 m/s^{2} tezlanish oldi. 2 s dan so‘ng jism impulsi nimaga teng bo‘ladi?
2\upsilon tezlik bilan harakatlanayotgan m massali sharcha 4m massali tinch turgan plastilin sharchaga uriladi. To‘qnashuvdan so‘ng ular qanday yig‘indi impulsga ega bo‘ladi?
Massasi 10 g, tezligi 300 m/s o‘q gorizontal uchib borib, 6 kg massali ipga osilgan yog‘och brusokga uriladi va uning ichida qoladi. Brusok qanday balandlikga ko‘tariladi?
600 g massali tinch turgan raketa ichidan 15 g gaz massasi 800 m/s tezlik bilan bir onda otilib chiqsa, raketa qanday tezlikka erishadi?
Jismga ta’sir etayotgan kuchning qiymati 7 marta ortsa, kuchning ta’sir etish vaqti esa shuncha marta kamaysa, jismga beriladigan kuch impulsi necha marta o‘zgaradi?
Radiolokator bir sekundda 2000 impuls yuboradi. Radiolokatorning mo‘ljallangan ta’sir uzoqligini toping.
Reaktiv tayyora \upsilon tezlik bilan harakat qilmoqda. Yonish mahsulotlarining dvigateldan chiqish (nisbiy) tezligi u ga teng. Agar dvigatel birlik vaqt ichida m_{1} massali yonilg‘i ishlatsa va unga shu vaqt ichidam_{2} massali havo kirsa, tayyoraning tortish kuchini toping.
Massasi m_{1} = 100 g bo‘lgan sharcha v_{1} = 8 m/s tezlik bilan m_{2}= 1 kg massali tinch turgan sharchaga kelib urildi. Buning natijasida m_{1} massali sharcha o‘zining dastlabki harakat yo‘nalishiga nisbatan perpendikulyar yo‘nalishda v_{1}= 6 m/s tezlik bilan harakat qila boshladi. Ikkinchi sharcha qanday tezlik olgan?
Agar jismning massasi 3 marta kattalashib, tezligi esa 2 marta kamaysa, uning impulsi qanday o‘zgaradi?
Silliq gorizontal tekislikda massalari m_{1} va m_{2} bo‘lgan ikkita aravacha bir xil yo‘nalishda \upsilon _{1} va \upsilon _{2} tezliklar bilan harakatlanayapti. To‘qnashgandan keyin ular birlashib qolib \upsilon tezlik bilan harakatlanadi. Bu hol uchun impulsning saqlanish qonuni qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Massasi 2 kg va tezligi 3 m/s bo‘lgan jism massasi 3 kg va tezligi 1 m/s bo‘lgan jismni quvib yetib unga yopishib qoladi. Jismlarning to‘qnashgandan keyingi tezligi topilsin.
\upsilon _{1},\upsilon _{2}, \upsilon _{3} tezlik bilan harakat qilayotgan bir xil massali uchta jismga mos ravishda t_{1}, t_{2}, t_{3} vaqt davomida bir xil kuch ta’sir etdi. Agarda \upsilon _{1}>\upsilon _{2}>\upsilon _{3} va t_{1}>t_{2}>t_{3} bo‘lsa, qaysi jism tezligi eng ko‘p o‘zgargan?
Massalari 6 kg va 18 kg bo‘lgan sharlar o‘zaro noelastik to‘qnashgandan so‘ng to‘xtab qolishlari uchun to‘qnashuvgacha bo‘lgan tezliklar nisbati (\upsilon _{1}/\upsilon _{2}) qanday bo‘lishi lozim?
Bir xil kuch bilan bir xil vaqt davomida massalari m_{1}>m_{2}>m_{3} bo‘lgan uchta jismga ta’sir etilsa, qaysi jismning impulsi eng ko‘p o‘zgaradi?