Jismning ishqalanish kuchi ostidagi harakati mavzusidan test savollari
Gorizontal sirtda yotgan m_{1}= 0.99 kg massali jismga m_{2}= 10 g massali o‘q kelib tegadi va unda qoladi. O‘qning tezligi 700 m/s ga teng va gorizontal yo‘nalgan. Agar jism va sirt o‘rtasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0.05 bo‘lsa, o‘q ta’sirida harakatga kelgan jism to‘xtaguncha qancha masofani (m) o‘tadi?
Jism qiyaligi 0.6 bo‘lgan qiya tekislik uchidan harakatni boshlab, pastga tomon ishqalanishsiz siljimoqda. Jism 3 s ichida gorizontal yo‘nalishda qanchaga ko‘chadi (m)?
Massasi 1 kg bo‘lgan tosh muz ustida 2.5 m/s tezlikda sirpana boshlab, ishqalanish kuchining tasirida 10 s dan keyin to‘xtaydi. Ishqalanish kuchini o‘zgarmas deb hisoblab, uning qiymatini (N) toping.
Og‘irligi 400 t bo‘lgan passajir poyezdi 50 km/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Tormozlanish yo‘li 200 m. Tormozlanish kuchini (kN) toping.
Massasi 5\cdot 10^{3} t bo‘lgan poyezd 36 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Agar tormozlanish.kuchi 2.5\cdot 10^{5} N ga teng bo‘lsa, tormozlangandan keyin bir minut ichida poyezd qanday masofani (m) bosib o‘tadi?
Avtomobil massasi 1500 kg bo‘lib, 10 m/s tezlik bilan harakatlanib tormoz berilgach 50 m olib to‘xtadi. Ishqalanish kuchi bajargan ishni (kJ) toping.
Gorizontal ravishda 5 Hz chastota bilan aylanayotgan disk markazidan 10 sm masofada yotgan jism 1 m/s^{2} tezlanish bilan harakatlana boshlasa, jism bilan disk orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti qanday?
10 m/s tezlik bilan kelayotgan avtomobil keskin tormozlanganda tormozlanish yo‘li 10 m bo‘lsa, avtomobil g‘ildiragi va yo‘l orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini toping.
Yo‘lning gorizontal qismida 10 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan tramvayga favqulodda holda tufayli tormoz berildi. U to‘xtaguncha qancha masofaga (m) sirpanib boradi? Ishqalanish koeffitsiyenti 0.2 deb oling.
Gorizontal yo‘lda 36 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan avtomashinani burish uchun eng kichik yoy radiusini (m) toping. G‘ildiraklarning yo‘lga sirpanish ishqalanish koeffitsiyenti 0.25.
16 m/s boshlang‘ich tezlik bilan ketayotgan poyezd tormozlangandan boshlab to‘xtaguncha 128 m yo‘l bosdi. Harakatning tezlanishi (m/s^{2}) toping.
Gorizontal yo‘lda 90 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil motori o‘chirilgach, 125 s dan so‘ng to‘xtadi. Agar avtomobilning massasi 2 t bo‘lsa, unga qanday o‘rtacha qarshilik kuchi (N) ta’sir qilgan?
Massasi 1500 kg bo‘lgan avtomobil tormoz bergach 5 s ichida to‘xtadi. Tormozlanish yo‘li 40 m. Tormozlanish kuchini baholang (N).
Massasi 200 g bo‘lgan jism 5 m/s tezlik bilan turtib yuborildi. Agar jism 10 m o‘tib to‘xtagan bo‘lsa, unga ta’sir qilgan ishqalanish kuchi (N) qanday bo‘lgan?
Yengil avtomobil tekis yo‘lda 90 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Motor o‘chirilgandan keyin u 625 m masofani o‘tib to‘xtadi. Ishqalanish koeffitsiyentini hisoblab toping.
Tezligi 5 m/s, massasi 40 kg bo‘lgan jism ishqalanish kuchi ta’sirida 25 m yo‘l o‘tib to‘xtadi. Ishqalanish kuchi necha nyutonga teng? g = 10 m/s^{2}
Tezligi 900 m/s bo‘lgan azot molekulasining idish devonga 60deg burchak ostida mutlaq elastik urilishi natijasida idish devori olgan kuch impulsini baholang (N\cdot s) M(N_{2}) = 28 g/mol.
Jism ishqalanish kuchi ta’siri ostida 28.8 km/soat boshlang‘ich tezlik bilan va -1 m/s^{2} tezlanish bilan harakatlanmoqda. U 6 s da necha metr yo‘l o‘tadi?
Shossening gorizontal qismida 30 m/s tezlik bilan ketayotgan avtomobil tormozlanish yo‘lining (m) minimal qiymatini aniqlang. Ishqalanish koeffitsiyenti 0.3 ga teng. g = 10 m/s^{2}
v = 18 km/soat tezlik bilan massasi m = 1000 kg bo‘lgan avtomobil harakatlanmoqda. Motor o‘chirilgach, yana s = 50 m yo‘l yurib to‘xtadi. Avtomobil harakatiga qarshilik kuchi F qanday (N)?