Aralashmaga oid masalalar mavzusidan test savollari



Qotishma mis va qo‘rg‘oshindan iborat. Qotishmaning 60% qismi mis bo‘lib, mis qo‘rg‘oshindan 2 kg ko‘p. Qotishmada qancha mis bor?

Qo‘rg‘oshin va misdan quyilgan ikkita quyma bor. Birinchi quymada 3 kg qo‘rg‘oshin va 2 kg mis bor. Ikkinchi quymada 13 kg qo‘rg‘oshin va 7 kg mis bor. Qaysi quymada qo‘rg‘oshinning foiz miqdori ko‘p va necha foiz?

Qo‘rg‘oshin va misdan quyilgan ikkita quyma bor. Birinchi quymada 2 kg qo‘rg‘oshin va 6 kg mis bor. Ikkinchi quymada 12 kg qo‘rg‘oshin va 3 kg mis bor. Qaysi quymada qo‘rg‘oshinning foiz miqdori ko‘p va u necha foiz ko‘p?

Massasi 400 gramm va konsentrasiyasi 8\% bo‘lgan eritma massasi 600 gramm va konsentrasiyasi 13\% bo‘lgan eritma bilan aralashtirildi.Hosil bo‘lgan aralashmaning konsentrasiyasini (\% da) toping.

Yig‘ilgan 1 tonna mevaning 82\% qismi suvdan iborat. Ma’lum vaqtdan keyin bu mevadagi suvning miqdori 70\% ga tushdi. Endi bu mevaning og‘irligi necha kg chiqadi?

Yog‘liligi 2\% bo‘lgan 80 litr sut bilan yog‘liligi 5\% bo‘lgan necha litr sut aralashtirilsa, yog‘liligi 3\% bo‘lgan sut olish mumkin?

140 gramm suvga 60 gramm tuz qo‘shish natijasida hosil bo‘lgan tuzli eritmada necha prosent tuz bor?

Bir idishda 40% li, ikkinchi idishda 35% li eritma bor. Ularni aralashtirib, 37% li 1 litr eritma olish uchun har bir eritmadan necha litrdan olish kerak?

Kumush va misdan iborat qotishmaning og‘irligi 2 kg. Kumushning og‘irligi mis og‘irligining 1/7 qismini tashkil etadi. Qotishmadagi kumushning og‘irligini toping.

15 kg eritmaning 35 foizi tuzdan iborat. Tuzning miqdori 25 foiz bo‘lishi uchun eritmaga necha kg chuchuk suv qo‘shish kerak?

800 kg mevaning tarkibida 80% suv bor. Bir necha kundan keyin mevaning og‘irligi 500 kg ga tushdi. Endi uning tarkibida necha foiz suv bor?

20 litr tuzli suvning tarkibida 12\% tuz bor. Bu eritmada tuz miqdori 15\% bo‘lishi uchun necha litr suv bug‘lantirilishi kerak?

Massasi 36 kg bo‘lgan mis va rux qotishmasining tarkibida 45% mis bor. Qotishmaning tarkibida 60% mis bo‘lishi uchun unga yana necha kg mis qo‘shish kerak?

Sement va qumdan iborat 30 kg qorishmaning 60% qismini sement tashkil etadi. Qorishmaning 40% qismi sementdan iborat bo‘lishi uchun qorishmaga qancha qum qo‘shish kerak?

Qotishma kumush va oltindan iborat bo‘lib, o‘zaro 3:5 nisbatda. Agar qotishmada 45 kg oltin bo‘lsa, qotishmaning og‘irligini (kg) toping.

Eritma tarkibida 60 gramm tuz bor. Unga 400 gramm toza suv qo‘shilsa, tuzning konsentrasiyasi 5 marta kamaydi. Dastlabki eritma necha gramm bo‘lgan?

A aralashmaning bir kilogrammi 1000 so‘m, B aralashmaning bir kilogrammi esa 2000 so‘m turadi. B va A aralashmadan 3:1 nisbatda tayyorlangan 1 kg aralashma necha so‘m turadi?