Aylana bo‘ylab tekis harakat mavzusidan test savollari
Jism diametri 10 m boʻlgan aylana trayektoriya boʻylab oʻzgarmas 20 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Jismning oʻtgan yoʻli 314 m ga teng boʻlishi uchun u aylanani necha marta oʻtishi kerak?
Aylana trayektoriya boʻylab 2 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan jismning burchakli tezligi 0.5 rad/s ga teng boʻlsa, 3.14 s vaqt oraligʻida chiziqli tezlik vektotrining yoʻnalishi necha gradusga oʻzgaradi.
Agar motosiklchi radiusi 40 m boʻlgan ayalana boʻylab 72 km/s tezlik bilan aylanayotgan boʻlsa, uning gorizont bilan hosil qilgan ogʻish burchagi qancha boʻladi?
Aylana trayektoriya boʻylab m/s tezlik bilan harakatlanayotgan jism 60 s davomida aylanani 15 marta bosib oʻtdi. 1 s vaqt davomida chiziqli tezlik vektori oʻzgarishining moduli qancha (m/s) ga teng boʻladi?
Soatning minut mili aylanishining chastotasini (Hz) toping.
Aylana trayektoriya boʻylab 2 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan jism 20 s davomida aylanani 5 marta bosib oʻtdi, 1 s vaqt davomida chiziqli tezlik vektori oʻzgarishining moduli qancha m/s ga teng boʻladi?
Egrilik radiusi R = 20 m boʻlgan burilish yoʻlda avtomobil v = 18 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Avtomobil gʻildiragining burchak tezligini (rad/s) toping, gʻildirakning diametri d = 80 sm ga teng.
Mashina botqoq yoʻlda oʻtirib qoldi. Mashina shinasiga ilashgan loy parchasi qanday tezlik (m/s) bilan etiladi? Mashina shinasining radiusi 30 sm boʻlib, u 5 ayl/s tezlik bilan aylanmoqda.
Toʻgʻri tasdiqni toping.
Aylana trayektoriya boʻylab 3 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan jism 24 s davomida aylanani 6 marta bosib oʻtdi, 3 s vaqt davomida chiziqli tezlik vektorning yoʻnalishi necha gradusga oʻzgaradi?
Mexanik harakat I gʻildirakdan II gʻildarakga tasmali uzatma yordamida uzatiladi. Agar I gʻildirak minutiga 3000 marta aylansa, gʻildiraklarning radiuslari mos ravishda 3 va 6 sm boʻlsa, ikkinchi gʻildirakning burchak tezligini hisoblab toping (rad/s).
Vertikal oʻq atrofida 3.14 rad/s burchak tezlik bilan tekis aylanayotgan jism 500 m balandlikdan erkin tushmoqda. Jism yerga tushgunga qadar necha marta toʻliq aylanadi? (n = 3.14; g= 10 m/s^{2})
Radiusi 3 m ga teng boʻlgan aylana trayektoriya boʻylab tekis harakatlanayotgan jismning chiziqli tezligi 12 m/s ga teng. Jism harakatining burchak tezligini (rad/s) toping.
Radiusi 50 sm boʻlgan gʻildirak gorizontal sirt boʻylab 7.2 km/soat tezlik bilan sirpanishsiz gʻildiramoqda. Gʻildirak gardishidagi uning markazi bilan bir sathda yotgan nuqtaning tezligi qanday (m/s)?
Radiusi 2 m ga teng boʻlgan aylana trayektoriya boʻylab tekis harakatlanayotgan jismning chiziqli tezligining modulini (m/s) toping. Aylanish davri 0.5 s.
Radius 6 m ga teng boʻlgan aylana trayektoriya boʻylab tekis harakatlanayotgan jism 2 minut vaqt davomida aylanani 20 marta bosib oʻtdi. Jismning aylanish davrini (s) toping.
Aylanayotgan disk ustidagi diametrlari 4 sm ga farq qiladigan ikki nuqtaning chiziqli tezliklari orasidagi farq 0.2\pi m/s ga teng boʻlsa, diskning aylanish chastotasini toping (Hz).
Moddiy nuqtaning aylana boʻylab harakatida uning aylanish radiusi 2 marta ortib, tezligi 1.5 marta kamaysa, uning aylanish davri qanday oʻzgaradi?
Moddiy nuqta aylana boʻylab 90 km/soat tezlik bilan tekis aylanmoqda. Davrning ikkidan bir qismida moddiy nuqta tezligining oʻzgarishini toping (m/s)?
Aylanma harakat birinchi shkifdan ikkinchisiga tasma orqali uzatilmoqda. Birinchi shkifning radiusi 4 sm, ikkinchisiniki 5 sm. Birinchi shkifning aylanish davri 0.2 s ga teng ikkinchi shkifning aylanish chastotasini (s^{-1}) toping.
Jism radiusi 1 m ga teng boʻlgan aylana trayektoriya boʻylab 2 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Aylanish davrining yarmiga teng vaqt oraligʻida jism bosib oʻtadigan yoʻlni (m) va koʻchish modulini (m) toping.
Burchak tezligi oʻzgarmas 3.14 rad/s boʻlgan charx toshi 1 s ichida qanday burchakka buriladi?