To‘g‘ri chiziqli harakat. Moddiy nuqta. Vektor kattaliklar. Sanoq sistemasi. Kuch birliklari mavzusidan test savollari



Moddiy nuqtaning harakat tenglamasi x=17+3t-0.3t^{2} ko‘rinishga ega. Trayektoriyaning shakli, harakatning turi, moddiy nuqtaning kuzatish boshlangan vaqtdagi x_{0} koordinatasi va v_{0} tezligi, harakat tezlanishi a topilsin.

Moddiy nuqtaning harakat tenglamasi x=0.06sin(0.5\pi t) ko‘rinishda berilgan. Harakatning turi va uni tavsiflovchi kattaliklarining qiymatlarini aniqlang.

Harakat tenglamasi x=-20+5t-0.2t^{2} ko‘rinishga ega. Harakatni tavsiflovchi kattaliklar: boshlang‘ich koordinata x_{0} boshlang‘ich tezlik v_{0}, tezlanish a, harakatning turi va trayektoriyasini aniqlang.

Agar ikki jismning harakat tenglamalari tinch turgan sanoq tizimida x_{1}=25+t; x_{2}=85-0.5t ko‘rinishda berilgan bo‘lsa, ularning uchrashish vaqti va joyini aniqlang.

Moddiy nuqtaning harakat tenglamasi x=0.3sin(0.1\pi t) ko‘rinishda yoziladi. Harakatning qandayligi va uni tavsiflovchi kattaliklarni aniqlang.

Jism avval boshlang‘ich tezliksiz a tezlanish bilan t vaqt so‘ngra 2a tezlanish bilan 2t vaqt va a tezlanish bilan t vaqt harakatlanadi. Jismning shu harakat davomidagi o‘rtacha tezligini toping.

Jism avval t vaqt davomida boshlang‘ich tezliksiz a tezlanish bilan, keyin t vaqt 2a tezlanish bilan, so‘ngra -a tezlanish bilan t vaqt harakat qilgan bo‘lsa, uning harakat oxiridagi oniy tezligi nimaga teng?

Poyezd yo‘lning 1/3 qismini v tezlik bilan, qolgan qismini 2v tezlik bilan o‘tsa, uning shu yo‘ldagi o‘rtacha tezligini aniqlang.

Bekatdan jo‘nashda trolleybusning tezlanishi 0.4 m/s^{2} edi.40 s dan keyin u qancha masofaga ko‘chadi?

Moddiy nuqtaning harakat tenglamasi x=-10t+0.4t^{2} ko‘rinishda bo‘lsa, shu harakat tezligining vaqtga bog‘lanish tenglamasini yozing.

Jismning siljishi - tezlik grafigi va vaqt o‘qi bilan chegaralangan soha sathiga teng, faqat ...

Quyidagi keltirilgan iboralarning qaysi biri nisbatan aniq va to‘la ta’riflaydi. To‘g‘ri chiziqli tekis harakatning tezligi.

Quyidagi keltirilgan ifodalarning qaysi biri oniy tezlikni ifodalaydi?

Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/soat, qaytishda esa 30 km/soat tezlik bilan harakatlandi. Reys davomidagi o‘rtacha tezlikni toping.

Jism avval t vaqt boshlang‘ich tezliksiz 2a tezlanish bilan, keyin t vaqt -2a tezlanish bilan, so‘ngra t vaqt a tezlanish bilan harakat qilsa, uning harakat oxiridagi oniy tezligi nimaga teng?

Kater masofaning 1/4 qismini v tezlik, qolgan qismini 2v tezlik bilan o‘tgan bo‘lsa, uning shu masofadagi (yo‘ldagi) o‘rtacha tezligini toping.

Jism bir vaqtda o‘zaro 120^0 burchak hosil qilib yo‘nalgan ikki tekis harakatda qatnashadi. Ikkala harakatning harakat tezliklari 3 m/s ga teng. Natijalovchi harakat tezligini toping (m/s).

Havo shari biror balandlikka vertikal ko‘tarilgach, shamol uni gorizontal yo‘nalishda 600 m masofaga uchirib ketdi. Agar havo sharining ko‘chishi 1 km bo‘lsa, uning o‘tgan yo‘lini toping (m).

Avtomobil yo‘lning uchdan bir qismini v_{1} tezlik bilan, qolgan qismini esa v_{2} = 50 km/soat tezlik bilan o‘tsa va butun yo‘ldagi uning o‘rtacha tezligi v_{ur} = 37,5 km/soat ga teng bo‘lsa, tezlik qanchaga teng bo‘lgan (km/soat)?

Quyidagi jumlaning mazmuniga mos so‘zni qo‘yib, gapni to‘ldiring. Moddiy nuqtaning o‘z harakati davomida chizgan chizig‘i (qoldirgan izi) \ldots deb ataladi.

1) ko‘chish; 2) trayektoriya; 3) yo‘l.

Quyidagi jumlaning mazmuniga mos ravishda gapni davom ettiring: Vaqt o‘tishi bilan jismning fazodagi vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishi jismning \ldots deb ataladi.

Jismning harakat tezligi v = 5 - 2t tenglama bilan berilgan bo‘lsa, uning harakat tenglamasi boshlang‘ich koordinata 20 m bo‘lganda qanday yoziladi?

Jism tinch holatdan harakatga kelib, t vaqtda 2a tezlanish bilan, so‘ngra 4t vaqtda tekis harakat qildi. Oxirida yana 2t vaqtda a tezlanish bilan harakat qildi. Jismning oxirgi tezligini toping.

Haydovchi yo‘lni teng uchga bo‘lib birinchi qismini v tezlik bilan ikkinchi qismini 2v tezlik bilan va uchinchi qismini 3v tezlik bilan bosib o‘tdi. Butun yo‘ldagi o‘rtacha tezlikni hisoblang.

1 m/s tezlik kattami yoki 1 km/soat tezlikmi?

Liftning ko‘tarilishdagi harakat tezligi grafigidan foydalanib, uning ko‘tarilish balandligini va ko‘tarilish davomidagi o‘rtacha tezligini hisoblang.

Moddiy nuqta tezligining vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuni \upsilon = 4t (m/s) ko‘rinishga ega. Uning 5-sekundda bosib o‘tgan yo‘li necha metrga teng?

Boshlang‘ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism harakatning dastlabki 1-sekundida 3 m yo‘lni bosib o‘tsa, u harakatning 2- sekundida qancha masofani bosib o‘tadi?

Quyidagi jumlani mazmunga mos ravishda davom ettiring: Notekis harakatda tezlik vektorining \ldots

Oniy tezlik deb \ldots aytiladi:

1) harakatning ko‘rilayotgan vaqt;

2) jismning o‘rtacha tezligiga;

3) jismning boshlang‘ich tezligi va qaralayotgan vaqt momentidagi tezliklarining o‘rtachasiga;

4) harakat trayektoriyasining ko‘rilayotgan nuqtasidagi tezligiga.