Harakatga oid masalalar mavzusidan test savollari
Yo‘lovchi va yuk poyezdi bir- biriga tomon harakatlanmoqda. Ular orasidagi masofa 275 km. Yuk poyezdining tezligi 50 km/soat. Yo‘lovchi poyezdining tezligi yuk poyezdining tezligidan 20\% ortiq. Ular necha soatdan keyin uchrashadi?
Uzunligi 400 metr bo‘lgan poyezd uzunligi 500 metr bo‘lgan tunneldan 30 sekundda o‘tib ketdi. Poyezdning tezligini toping.
Ikki shahardan bir-biriga qarab ikki sayyoh yo‘lga chiqdi. Birinchisi avtomashinada, tezligi 62 km/soat. Ikkinchisi avtobusda tezligi 48 km/soat. Agar ular 0.6 soatdan keyin uchrashgan bo‘lsa, shaharlar orasidagi masofani toping.
Poyezdning uzunligi 800 m. Poyezdning ustun yonidan 40 sekundda o‘tib ketgani ma’lum bo‘lsa, tezligini toping.
Yo‘lovchi poyezdining 3 soatda yurgan masofasi yuk poyezdining 4 soatda yurgan masofasidan 10 km ortiq. Yuk poyezdining tezligi yo‘lovchilar poyezdining tezligidan 20 km/soat ga kam. Yuk poyezdining tezligini toping.
Uzunligi 600 metr bo‘lgan poyezd uzunligi 1200 metr bo‘lgan tunneldan 1 minutda o‘tib ketdi. Poyezdning tezligini toping.
Uzunligi 400 metr bo‘lgan poyezd uzunligi 800 metr bo‘lgan tunneldan 1 minutda o‘tib ketdi. Poyezdning tezligini toping.
Harakat boshlangandan 0.8 soat o‘tgach, motosiklchi velosipedchini quvib yetdi. Motosiklchining tezligi 42 km/soat, velosipedchiniki 12 km/soat bo‘lsa,harakat boshlanishidan oldin ular orasidagi masofa qancha bo‘lgan?
Agar tezlik 25\% ga ortsa, ma’lum masofani bosib o‘tish uchun ketadigan vaqt necha foizga kamayadi?
Oralaridagi masofa 200 km bo‘lgan A va B punktlardan bir vaqtning o‘zida ikki sayyoh bir- biriga qarama- qarshi yo‘lga chiqdi. Birinchisi avtobusda tezligi 40 km/soat, ikkinchisi avtomobilda. Agar ular 2 soatdan keyin uchrashgan bo‘lishsa, avtomobilning tezligini toping.
It o‘zidan 30 metr masofada turgan tulkini quva boshladi. It har sakraganda 2 m, tulki esa 1 metr masofani o‘tadi. Agar it 2 marta sakraganda, tulki 3 marta sakrasa, it qancha (m) masofada tulkini quvib etadi?
A va B shaharlar orasidagi masofa 188 km. Bir vaqtning o‘zida bir-biriga qarab A shahardan velosipedchi, B shahardan motosiklchi yo‘lga tushdi va ular A shahardan 48 km masofada uchrashdi. Agar velosipedchining tezligi 12 km/soat bo‘lsa, motosiklchining tezligini toping.
Agar avtomobil tekis harakatda 3 soatda 324 kilometrni bosib o‘tsa, 20 sekundda necha metr masofani bosib o‘tadi?
Ikki shahardan bir vaqtning o‘zida turli tezlik bilan ikkita avtomobil bir- biriga qarab yo‘lga chiqdi. Avtomobillarning har biri uchrashish joyigacha bo‘lgan masofaning yarmini bosib o‘tgandan keyin, haydovchilar tezlikni 1.5 baravar oshirishdi, natijada avtomobillar belgilangan muddatdan 1 soat oldin uchrashishdi. Harakat boshlangandan necha soatdan keyin avtomobillar uchrashishdi?
A va B stansiyalar orasidagi masofa 120 km. A stansiyadan B stansiyaga qarab yuk poyezdi yo‘lga chiqdi, oradan 30 minut o‘tgach, B stansiyadan A stansiyaga qarab yo‘lovchi poyezdi yo‘lga chiqdi. Agar bu poyezdlar yo‘lning o‘rtasida uchrashgan bo‘lsa va yo‘lovchi poyezdning tezligi yuk poyezdnikidan 6 km/soatga ko‘p bo‘lsa, yo‘lovchi poyezdning tezligi qanchaga teng bo‘ladi?
Ikki motosiklchi oraliq masofasi 432 km bo‘lgan ikki shahardan bir-biriga qarab bir vaqtda yo‘lga chiqdi. Agar ulardan birining tezligi 80 km/soat, ikkinchisiniki birinchisi tezligining 80\% qismini tashkil etsa, ular necha soatdan keyin uchrashadi?
Poyezd uzunligi 500 metr bo‘lgan ko‘prikdan 1 minutda, svetofor yonidan shu tezlikda 20 sekundda o‘tadi. Poyezdning uzunligini toping.
Bir poyezd A punktdan jo‘natilgandan 2 soat o‘tgach, ikkinchi poyezd ham shu yo‘nalishda jo‘nadi va 10 soatdan so‘ng birinchi poyezdga yetib oldi. Agar ularning o‘rtacha tezliklari yig‘indisi 110 km/soat bo‘lsa, ikkinchi poyezdning o‘rtacha tezligi necha km/soat bo‘ladi?
Yo‘lovchi metroning harakatlanayotgan eskalatorida to‘xtab turib 56 sekundda, yurib esa 24 sekundda pastga tushadi. Yo‘lovchi to‘xtab turgan eskalatorda xuddi shunday tezlik bilan yursa, necha sekundda pastga tushadi?
Poyezd yo‘lda 30 minut to‘xtab qoldi. Poyezd jadval bo‘yicha yetib kelishi uchun mashinist 80 km masofada tezlikni 8 km/soatga oshirdi. Poyezd jadval bo‘yicha qanday tezlik bilan yurishi kerak edi?
Uzunligi 200 metr bo‘lgan poyezd balandligi 40 metr bo‘lgan ustun yonidan 50 sekundda o‘tib ketdi. Uzunligi 520 metr bo‘lgan ko‘prikdan shu poyezd o‘sha tezlik bilan necha minutda o‘tib ketadi?
A va B pristanlar orasidagi masofa 96 km. A pristandan oqim bo‘ylab sol jo‘natildi. Xuddi shu paytda B pristandan oqimga qarshi motorli qayiq jo‘nadi va 4 soatdan keyin sol bilan uchrashdi. Agar daryo oqimining tezligi 3 km/soat bo‘lsa, qayiqning turg‘un suvdagi tezligini toping.
Ikki pristan orasidagi masofa 63 km. Bir vaqtning o‘zida oqim bo‘ylab birinchi pristandan sol, ikkinchisidan motorli qayiq jo‘natildi va motorli qayiq solni 3 soatda quvib yetdi. Agar daryo oqimining tezligi 3 km/soat bo‘lsa, qayiqning turg‘un suvdagi tezligi qanchaga teng bo‘ladi?
Daryodagi ikki pristan orasidagi masofa 240 km. Ulardan bir vaqtda ikki paroxod bir-biriga qarab yo‘lga tushdi. Paroxodlarning tezligi 20 km/soatga teng. Agar daryo oqimining tezligi 3 km/soat bo‘lsa, paroxodlar necha soatdan keyin uchrashishadi?
Paroxod oqim bo‘yicha A nuqtadan B nuqtaga 9 sutkada borib, B nuqtadan A nuqtaga 15 sutkada qaytadi. A nuqtadan B nuqtaga sol necha sutkada boradi?
Daryodagi A va B pristan orasidagi masofa 84 kmga teng. Bir vaqtning o‘zida oqim bo‘ylab A pristandan kater (turg‘un suvdagi tezligi 21 km/soat), B pristandan sol jo‘natildi. Agar daryo oqimining tezligi 3 km/soat bo‘lsa qancha vaqtdan keyin kater solga yetib oladi?
Motorli qayiqning daryo oqimi bo‘yicha tezligi 21 km/soatdan ortiq va 23 km/soatdan kam. Oqimga qarshi tezligi esa 19 km/soatdan ortiq va 21 km/soatdan kam. Qayiqning turg‘un suvdagi tezligi qanday oraliqda bo‘ladi?
Katerning daryo oqimi bo‘ylab va oqimga qarshi tezliklari yig‘indisi 30 km/soat. Katerning turg‘un suvdagi tezligi (km/soat)ni toping.
Aerodromdan bir vaqtning o‘zida ikkita samolyot biri g‘arbga, ikkinchisi janubga uchib ketdi. Ikki soatdan keyin ular orasidagi masofa 2000 kmga teng bo‘ldi. Agar samolyotlardan birining tezligi boshqasi tezligining 75\% qismiga teng bo‘lsa, ularning tezliklari (km/soat) yig‘indisini toping.
Kishi harakatsiz eskalatorida 4 minutda, harakatlanayotgan eskalatorda esa 48 sekunda yuqoriga ko‘tarildi. Shu kishi harakatdagi eskalatorda to‘xtab turgan holda necha minutda yuqoriga ko‘tariladi?