Muhammad Ali mavzusidan test savollari
“Gumbazdagi nur” dostonidagi bosh fikr nimadan iborat?
“Gumbazdagi nur” dostonidagi “Asli ular mavzu men uchun, Asli ular- dildagi matlab”
misralarida kimlar nazarda tutilyapti?
Muhammad Ali ijodida qaysi mavzu yetakchilik qiladi?
“Gumbazdagi nur” dostonidagi “Oldinda xayollar … ortda maqbara” misralarini qanday izohlash mumkin?
“Men izlab topishni yaxshi ko‘rardim. ” Bu so‘zlar muallifini aniqlang.
Quyidagi adiblardan qaysi biri birinchi she’rini uchinchi sinfda o‘qiyotganida yozadi?
“Bitta tushunchadir uy ila Vatan!” Quyidagi so‘zlar muallifini aniqlang.
Muhmmad Alining ijodi qaysi tuyg‘uni kuylashga bag‘ishlangan?
Muhammad Ali kimning tilidan “vatanni sevishga topingiz bardosh, “Sevaman!” deb sotib yurmang gap”, - deya xitob qiladi.
Kimning she’rida Samarqand ertakdan ham qadimligi tasvirlangan?
Muhammad Alining birinchi yirik asari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
Muhammad Alining quyidagi kitoblaridan qaysi biri xalqimizga o‘zligini anglashda muhim bir ilmiy- ma’rifiy vosita bo‘ldi?
“Vayron bo‘lgan xotira – o‘lim!” deb qaysi adib yozadi?
Muhammad Ali nima sababdan “Vayron bo‘lgan xotira – o‘lim!” – deb yozadi?
Muhammad Alining tarjima asarlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
Muhammad Ali hayoti va ijodi haqida keltirilgan quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri noto‘g‘ri keltirilgan?
1. “Spitamen”, “Mashrab”, “Boqiy dunyo” she’riy romanlar muallifi;
2. Nasrdagi birinchi yirik asari- “Sarbadorlar”;
3. Amir Temur mavzusini badiiy tadqiq etgan 2005- yil “Ulug‘ saltanat” romani chop etilgan;
4. “Abadiy sog‘inchlar” nomli roman- eposini yaratdi.
5. “Abadiy sog‘inchlar” nomli roman- xronikasini yaratadi.
Aylanadi Sirda po‘rtana,
Gumburlaydi Farhod darasi.
Yuqoridagi misra kimning qalamiga mansub?
“Qarangiz,
O! Fotih, jahongir!
Bir mahallar dunyo edi tor
Kichik qabr unga keng endi…”
Yuqoridagi misralar orqali Muhammad Ali kimni xotirlamoqda?
“Bevafo dunyo!” deb yozgan adibni aniqlang?