Maqsud Shayxzoda mavzusidan test savollari



M. Shayxzodaning jahon adabiyoti vakillaridan kimlarning asarlarini o‘zbekchalashtirdi?

“Mirzo Ulug‘bek” dramasida Abdulatif necha yoshda tasvirlanadi?

Ota Murod “Mirzo Ulug‘bek” dramasida qanday kasb egasi sifatida tasvirlanadi?

Ma’lumingiz, shu huzurda turgan elchilarJannatmakon padaringiz Shohrux MirxoningVafotida taziyaga kelgan vakillar.

“Mirzo Ulug‘bek” dramasidan olingan ushbu parcha kimlar tilidan aytilgan?

“Mirzo Ulug‘bek” dramasidagi 35 yoshli mashhur tarixchini aniqlang.

“Mirzo Ulug‘bek” dramasida jami nechta davlat elchilari nomi qayt etiladi?

“Marifatni hukumatga qilib rahnamo, Bu o‘lkaning yerida ham yulduzlar yoqdim”.

Mirzo Ulug‘bek” dramasidan olingan ushbu parcha kimning tilidan aytilgan?

“Mirzo Ulug‘bek” dramasida Ulug‘bekning qiyofasi qaysi obrazlar vositasida ochib beriladi?

“Ulug‘bek yulduzi” kinofilmi rejissorini aniqlang.

“Hali alifboni egallamasdan she’rlar yarata boshlaydi”.

Ushbu jumlada qaysi adib nazarda tutilgan?

Qaysi adib ijodida chag‘alaylar qiyqirig‘i, “ufqqa berilgan savol” kabi o‘xshatmalar o‘chraydi?

“Chorak asr devoni”, “Dunyo boqiy” “Xiyobon” kabi she’riy to‘plamlar muallifini toping.

Insonni e’zozlash, izzat- nafsga xolis munosabat muammolarini yoritish qaysi ijodkor ijodining yetakchi xususiyati hisoblanadi?

“She’r chin go‘zallik singlisi ekan” nomli she’r muallifini aniqlang.

M. Shayxzodaning “G‘afurga xat”, “Ayriliq” she’rlari kimlarga bag‘ishlagan?

Qaysi shoir “goho yig‘i dilga tarjimon” deya ta’kidlaydi?

Quyidagi adiblardan qaysi biri bizning yurtimizda tug‘ilib, olis Hindistonda shuhrat topdi?

Rus shoiri Brodskiy sazovor bo‘lgan mukofot nomi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

Qaysi ijodkor Shekspir, Bayron, Maxtumquli, Tagor, Avetik, Isaakyan, Nozim Hikmat asarlarini o‘zbekchalashtirgan?

Qaysi adib ijodida quyma obrazlar, ramziylik, so‘zlardagi jarangdorlik alohida ahamiyat kasb etadi?

“Shoirning asosiy vazifasi inson ruhini tarbiyalashdir”. Ushbu fikrlar muallifini toping.

M. Shayxzoda iqroricha hayotdagi buyuk nematlardan biri nima?

M. Shayxzodaning qaysi she’ri inson tuyg‘ularini uyg‘ota olishi bilan ahamiyatli?

M. Shayxzoda o‘zining qaysi she’rida she’riyatdan yiroq kishilarni tanqid qiladi?

Maqsud Shayxzodaning 30- yillarda chop etilgan she’riy to‘plamlari berilgan qatorni aniqlang.

“Ma’rifatdan, hayotga muhabbatdan kam bo‘lmagan darajadagi ehtiyoj sanalmog‘i darkor”.

Ushbu fikr kimga tegishli va unda nima nazarda tutilgan?

“Kapitan Gastello” she’riy to‘plamining muallifini aniqlang.

G‘ayrat: -Men to‘xtamay jadal yurdim, der,

Mehnat: -Ekkanimni barvaqt terdim, der.

Bilim: -Mushkullarni tez yemirdim, der,

Uch do‘stning kuchidan o‘lka bahra yer.

Ushbu misralar muallifini aniqlang.

M. Shayxzodaning “O‘rtoq mulk”, “Tuproq haq” asarlari qaysi janrda yozilgan?

M. Shayxzodaning urushdan so‘nggi tinch qurilish yillarini yana qaytadan nohaq qatag‘on qilinganiga qaramay bunyotkorlik zavqini tarannum etuvchi asarlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?