Shukur Xolmirzayev mavzusidan test savollari
Sh. Xolmirzayevning dastlabki kitoblari qachon yozilgan?
Sh. Xolmirzayevning dastlabki qissasi qanday nomlanadi?
Ergashning hali tanimagan cho‘pon xonadoniga birdan ko‘nikganligi sababi nimada edi?
Hikoyachi Ergashning: “Lekin buni tan olmas edik. Qanday ablah ekanmiz!” tarzidagi iqroriga sabab nima?
Hali bola Abduqodirning “Yo‘q, Eshimboyning ordeni bor Lekin qo‘yi kam . . . ” so‘zlarida uning qanday tuyg‘ulari ifodalangan?
“O‘zbeklar” asarida paxtadan qaytayotgan Ergash avtobusda nima uchun yig‘ladi?
“U dastlab “Yosh gvardiya” nashriyotida muharrir, “Guliston” va “Sharq yulduzi” jurnallarida bo‘lim mudiri, ma’lum muddat Muqimiy nomidagi teatrda adabiy emakdosh bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi”. Gap qaysi o‘zbek adibi haqida bormoqda?
“U ustoz – men shogird” nomli hujjatli qissa qaysi adiblarimizning o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar mevasi hisoblanadi?
“Bodom qishda gulladi”, “Hayot abadiy” kabi kitoblar muallifini aniqlang.
“Ko‘k dengiz” hikoyasining muallifini aniqlang.
“Bulut to‘sgan oy” qissasi kimning qalamiga mansub?
Sh. Xolmirzayevning “Dinazavr” romani qahramoni Mahkam qanday kasb egasi bo‘lgan?
“Yozuvchi millat ruhidan kelib chiqmasa bo‘lmas ekan”. Adabiyotimizdagi ushbu iqroromuz jumlalar kimga tegishli?
“Tabassum”, “Navro‘z”, “Ko‘k dengiz” kabi hikoyalari bilan adabiyotimizga ulkan hissa qo‘shgan adibni aniqlang.
Sh. Xolmirzayevning “Tabassum” hikoyasidagi asosiy qahramonlarni aniqlang.
Sh. Xolmirzayevning yoshlar taqdiri, hayoti qalamga olingan hikoyasini aniqlang.
Sh. Xolmirzayevning jiddiy muammolar talqiniga bag‘ishlangan hikoyasini toping.
Sh. Xolmirzayevning “Bodom qishda gulladi” hikoyasida qanday g‘oya ilgari surilgan?
Sh. Xolmirzayevning qaysi hikoyasi so‘nggi bosqich o‘zbek hikoyachiligidagi fars, kinoya, alamzada, quvnoqlik usuli qo‘llangan holda yaratilgan?
“Nosirjon Hubbijamolning o‘z sevgani borligini bilib qoladi- yu, qalbida ochilib kelayotgan gulchechaklar nobud bo‘ladi…” Yuqoridagi parcha kimning qaysi asardan olingan?
1. Ko‘k dengiz; 2. Qora kamar; 3. Bukri tol; 4. Navro‘z;
5. Xumor; 6. O‘n sakkizga kirmagan kim bor.
Yuqoridagi asarlarning qaysilari hikoya janriga mansub?
“U dori mening tarjimayi holimga singib ketgan, axir! … Mening butun quvonchlarim, zavqlarim, hayotimning ma’nosi, vatan oldidagi burchim, ilk muhabbatim ham o‘sha bilan bog‘liq …”
Ushbu otashin nutqiy parcha qaysi asardan keltirilgan?
“Bu hikoya ma’lum ma’noda bo‘lg‘usi “Dinozavr” romanida tasvirlanajak ayrim qahramonlarning eskizi ham edi …”
Ushbu fikr kimning qaysi asari haqida?
Sh. Xolmirzayening “Bulut to‘sgan oy” nomli asari qaysi janrga mansub?
Jamshid, Umida, Tilov obrazlari Sh. Xolmirzayevning qaysi asarida uchraydi?
“Alloh Gulsarani go‘zal yaratdi. Dilbar ovoz berdi, bo‘y- bast berdi. Ko‘zi tushgan yigit hech bo‘lmaganda yuragi kaptardek pitirlab qolar edi …”
Ushbu parcha kimning qaysi asaridan olingan?
Faqat Sh. Xolmirzayev qalamiga mansub romanlar keltirilgan qatorni aniqlang.
1. Qil ko‘prik; 2. Sho‘rodan qolgan odamlar; 3. So‘nggi bekat;
4. Tog‘lar orasida; 5. Olabo‘ji; 6. Tabassum; 7. Dinozavr;
8. Yo‘lovchi; 9. Bukri tol; 10. Qora kamar
Sh. Xolmirzayevning qaysi romani ko‘proq monolog va dialog asosida qurilgan.
“Qil ko‘prik” romani qahramonlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang.