Rauf Parfi O‘zturk mavzusidan test savollari



“Ishq so‘zidan kuydi bulbul maskani, Til bilan kuylanmas on” Vatanim” misralari orqali qaysi tuyg‘u ifodalangan?

“Tong otmoqda” she’rida tong o‘z ma’nosidan tashqari yana qanday ramziy tushunchani ifodalaydi?

Rauf Parfining qaysi she’rida tabiat hodisasi so‘zlar shakldoshligi va tovushlar takrori vositasida go‘zal ifoda etilgan?

R. Parfining inson ruhiyatining o‘ta chigal, murakkab holatlarini tasvirlagan she’rlaridan birini ko‘rsating.

Og‘ushimda zangori sevgi Kiprigimda suyuq hayajon Ko‘zlarimda yumaloq sevgi… Ushbu misralar bilan boshlanuvchi she’r muallifini aniqlang.

R. Parfi tug‘ilgan joy to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.

R. Parfi qanday oilada dunyoga kelgan?

R. Parfining ijodiy qiyofasini aks ettiradigan misralarini toping.

R. Parfining onasi asli qayerlik bo‘lgan?

R. Parfi dastlabki yetti yillik tahsilni qayerda olgan?

R. Parfi dastlabki ish faoliyatini qayerda boshlagan?

R. Parfining “Adashgan ruh” dostoni necha qismdan iborat?

Quyoshning qora yog‘du taratishi, yulduzlarning to‘kilgan muzlar ekani, daryoning uzangan yaraligi, daraxtning tik emasligi haqidagi fikrlar qaysi dostonda uchraydi?

R. Parfi qalamiga mansub ilk marsiya kimga bag‘ishlangan?

R. Parfining qaysi she’ri o‘z davrida yoshlarning eng sevimli qo‘shig‘i sifatida kuylangan?

R. Parfining dastlabki she’riy to‘plami qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Milliy modern she’riyatining yirik vakillaridan birini ko‘rsating.

R. Parfi 1999- yilda qanday unvon bilan taqdirlangan?

2000- yilda R. Parfining qaysi she’riy kitobi chop etilgan?

Ko‘nglim qorong‘idir, tevarak tutun,

Yolg‘iz boshim uzra uvullar shamol.

Ko‘zlarimni g‘ajir allaqanday tun,

Sen kimsan, nimasan, sen kimning boji?

Aqlimni g‘ijimlar yalang‘och savol,

She’rning keyingi misrasini toping.

“Aks- sado” va “Qaytish” kabi she’riy to‘plamlar muallifini aniqlang.

“Manfred” asarining muallifini aniqlang.

Qaysi ijodkor Bayronning “Manfred” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan?

R. Parfi Nozim Hikmatning qaysi asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan?

R. Parfi tomonidan tarjima qilingan “Dengiz xayoli” asari kimning qalamiga mansub?

R. Parfi A. Dyumaning qaysi asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan?

R. Parfi tomonidan tarjima qilingan “Ozodlik lavhalari” asari kimga tegishli?

R. Parfining “Assalomu alaykum, doring og‘ochi” she’ridagi epigraf qaysi dostondan olingan?

“Sen qanot bag‘ishla menga, ey og‘riq. ” misrasi R. Parfining qaysi she’riga epigraf qilib olingan?

Rub’i maskun ichra sayyod, o‘zim sayd,

Ortiq madorim yo‘q, voqifsan axir.

Manglayda yozilgan farmoningni ayt,

Da’vat qil, gunohkor bandangni chaqir.

R. Parfi qalamiga mansub ushbu she’rdagi rub’i maskun so‘zining ma’nosini izohlang.