Tog‘ay Murod mavzusidan test savollari



“Bir toychoqning xuni”, “Galatepaga qaytish” asarlari muallifi kim?

Erkin A’zam asarlari sanalgan qatorni toping.

Sergey Zaliginning “Komissiya” romanini o‘zbek tiliga kimtarjima qilgan?

“Sehrlangan shahzoda” povesti muallifini aniqlang.

Laylak qishlog‘imning eng katta boyi- Muhsinboy obrazi qaysi asarda uchraydi?

Choch shaharlari haqida Xorazm shohligi bilan bog‘liq tarixiy jo‘g‘rofiya dalillar, suv tanqisligini bartaraf etish uchun dono ajdodlarimiz oylab topgan suv saqlash inshooti hisoblanmish “Sardaba” kabi ma’muriy qurilmalar xususida ma’lumotlar qaysi qissada uchraydi?

Qoplonbek va Oymomo qysi asar qahramonlari sanaladi?

1985- yilda yaratilgan “qo‘shiq” qissasining muallifini aniqlang.

Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani qachon yozib tugatilgan?

Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani asosida ishlangan badiiy film rejissori kim?

Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga,

Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga,

Suyangani tayoq bo‘lgin cho‘ponlarga,

Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?

Misralar muallifini aniqlang.

“Xalq nimasi bilan xalq? O‘zining urf- odatlari bilan xalq! Ko‘p urf- odatlarimizni birovlar … birovlar o‘ziniki qilib oldi! Biz qo‘limizni burnimizga tiqib qoldik. Shunday ketaversak, hademay… o‘zimizni- da boy berib qo‘yamiz! ”

Ushbu jumlalar qaysi asarda uchraydi?

Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi qachon yozilgan?