Hamid Olimjon mavzusidan test savollari
Men bir qora kunda tug‘ildim,
Tug‘ildim- u, shu on bo‘g‘ildim.
Ushbu so‘zlari qaysi adibga tegishli?
“Holbuki tun” she’rining ilk satrlaridagi qaysi so‘z muayyan kayfiyat va musiqiy ohangni yuzaga keltirishga xizmat qilmoqda?
“Soyga tushdim, ko‘kka chiqdi oy” misrasida qaysi she’riy san’at qo‘llangan?
“Holbuki tun” she’rida qanday holat tasvirlangan?
Hamid Olimjon qalamiga mansub g‘azalning ikkinchi baytidagi “gulg‘uncha” so‘zining ma’nosi nima?
Qaysi javobda “Bo‘lsam” radifli g‘azal muallifi berilgan?
Hamid Olimjon nazarida “eng yuksak insoniy tuyg‘u” nima?
“Poyga”, “She’rlar”, “Baxt” kabi she’riy to‘plamlar muallifini aniqlang.
“Jaloliddin Manguberdi” dramasi qachon to‘liq nashr etildi?
Qaysi ijodkor “Baxt va shodlik kuychisi” nomini olgan?
“Semurg‘”, “Roksananing ko‘z yoshlari” dostonlari kimning qalamiga mansub?
Hamid Olimjonning ilk she’ri qanday nomlangan?
Hamid Olimjonning ilk she’ri qaysi gazetada chop etilgan?
“Tong shabadasi” hikoyalar to‘plami kimning qalamiga mansub?
Hamid Olimjonning qaysi she’ri uzoq safar taassurotlar ta’sirida yozilgan?
Hamid Olimjon qaysi asarini yozish oldidan “Qur’on”ni o‘rganib chiqadi?
Hamid Olimjonning qaysi dostonida sinfiy kurash, sotsialistik qurilish ishlari avj olgan davr tasvirlanadi?
Guloyin obrazi qaysi asarda uchraydi?
Qaysi ijodkor “Muqanna” spektakliga yozgan taqrizida Guloyinni jahon adabiyotining Laurensiya, Neston- Darijon obrazlariga qiyos qilgan?
Hamid Olimjonning “Ofeliyaning o‘limi” she’ri qanday munosabat bilan yozilgan?
Hamid Olimjonning adabiy merosi she’riyatdan tashqari, yana qanday janrlarni qamrab oladi?
Hamid Olimjonning “Jinoyat” asari qaysi janrda yozilgan?