Usmon Nosir mavzusidan test savollari



Usmon Nosir qaysi tuyg‘uni “selday keluvchi”, qalbni “jalloddek tiluvchi” deb ta’riflagan?

“Tilim charchar, ajab, gohi

Seni tarjima qilmoqdan”

satrlarida ifodalangan yurakni tarjima qilishning ma’nosini toping.

“Yana she’rimga” she’rining birinchi bandi qaysi shoirning satrlarini yodga tushiradi?

Quyidagi misralardan qaysi birida “Nasimaga deganim” she’ridagi lirik qahramon xarakterini to‘laroq ochadi?

“Quyosh bilan suhbat”, “Safarbar satrlar”, “Yurak” kabi she’riy to‘plamlar muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

Usmon Nosirning doston tipidagi asarlarini belgilang?

Qaysi qatorda U. Nosir dramalari berilgan?

U. Nosirning badiiy tarjimalaridan bo‘lgan “Ulug‘ kun” dramasining muallifini aniqlang.

O‘zbekning “Lermontovi”, “Sharq Pushkini” ta’rifiga sazovar bo‘lganshoirni aniqlang.

Kim “U. Nosirni she’riyatimizga bo‘ronday kirib kelib uncha muncha she’riy uslub va ijodni to‘s- to‘s qilib yubordi” deb ta’riflaydi?

Usmon Nosir “Monolog” she’rida “guldan yaralgan pari”, “tosh ko‘ngilli” deb kimni ta’riflagan?

To Minisdan Ramzesgacha, Ramzesdan nari,

“Malika qiz”- Kleopatra hukmron davri.

Ushbu misralar “Nil va Rim”ning qaysi bandidan olingan?

Nil va Rimda nomi keltirilgan Vergiliy kim edi?

Nil va Rimda sud so‘zi qanday ma’no anglatadi?