Abdurauf Fitrat mavzusidan test savollari



“Hindistonda bir farangi ila buxorolik bir mudarrisning bir necha masalalar hamda usuli jadid xususida qilgan munozarasi” (“Munozara”) kabi asarlari bilan zamonning dolzarb muammolarini yoritgan, xalqni ma’rifat va ziyoga chorlagan adibni aniqlang.

Quyidagi adiblardan qaysi biri “Milliy uyg‘onish davri jarchisi va yalovbardori” degan nom olgan?

Tangri, shayton, malak, Odamato bilan bo‘lib o‘tgan o‘tkir munozara, bahslar orqali xalq uchun nihoyatda muhim bo‘lgan Vatan erki, shaxs erkinligi muammolari badiiy gavdalantirilgan asar va uning muallifini aniqlang.

“Qayg‘u tutunlari ichra yog‘dusiz qolgan ko‘zlaring u yosh yomg‘irlarin nechuk to‘kadur? Zulm zanjirlari bilan bog‘langan qo‘llaring nechun har yonga uzatiladur, nima tilaysan?”

Ushbu jumlalar muallifini aniqlang.

Fitratning qaysi she’ri inson ruhiyatidagi cheksiz tamannolarini, iztirob va evrilishlarni yoritishga bag‘ishlangan?

“Mamlakat va millat erki uchun kurash” qaysi shoir she’rlarining yetakchi g‘oyasi hisoblanadi?

“… zamondosh va davradosh adiblardan farqli o‘laroq asarlarida arab, fors so‘zlarini imkon qadar kamroq qo‘llashga urindi. Fikr, hissiyot tushunchalarini asosan, turkiy so‘zlar bilan ifodalashga harakat qildi”.

Ushbu jumlalarda qaysi adib nazarda tutilgan?

O‘zbek she’riyatiga faol ravishda barmoq vaznini olib kirgan shoirni aniqlang.

O‘zbek she’riyatidagi qaysi vazn XX asrning 20- 30- yillarida she’rni hayotga yaqinlashtirishda yetakchi vazn hisoblagan?

Jahon talabi mezonlariga javob beradigan dramalar yaratgan o‘zbek dramaturgini aniqlang.

O‘tgan asrning 20- yillarida Hindiston hayotida yuz bergan voqealar asos qilib olingan dramani aniqlang.

Vatanini bosqinchilardan ozod qilishni hayotning bosh mazmuni deb bilgan Rahimbaxsh va sevgilisi Dilnovoz qaysi asar qahramonlari?

Qaysi qatordagi asarning g‘oyaviy, badiiy maqsadi zo‘ravonlik, o‘zgalarni qullarcha itoatda tutush, taxt va mansab dunyosi barcha razilliklar manbaidir degan muammoni yoritishga qaratilgan?

“Abulfayzxon” tragediyasida Fitratning qanday g‘oyalari ilgari surilgan?

“Abulfayzxon” dramasidagi “Eng qop- qora saodat- sensan” deyilgan fikr kimga nisbatan aytilgan?

“Abulfayzxon” tragediyasidagi uchraydigan “podsholik qon bilan sug‘oriladigan og‘ochdir” degan so‘zlar kimning tilidan aytilgan?

Fitratning “Abulfayzxon” tragediyasidagi to‘qima obrazlarni aniqlang.

Buyuk ingliz dramaturgi Shekspir tajribalarining ta’siri sifatida ruh timsolidagi obrazlar yaratishni boshlab bergan adibni aniqlang.

Fitrat “Abulfayzxon” tragediyasida shaxs va jamiyataro munosabat masalasidagi o‘z idealini qaysi obrazga ko‘proq singdirgan?

XVII asr Buxoro hayotidan olib yozilgan, tarixiy haqiqatga asoslangan birinchi tarixiy tragediyani aniqlang.

O‘zbek publitsistikasining tamal toshini qo‘ygan adibni aniqlang.

Fitratning “Abulfayzxon” tragediyasida asar g‘oyasining cho‘qqisi, falsafiy mushohadalar zimmasiga qo‘yilgan obrazni aniqlang.

“Fors shoiri Umar Xayyom”, “Firdavsiy zamoni va muhiti”, “Mashrab” singari ilmiy tadqiqot maqolalarining muallifini aniqlang.

Qaysi qatorda Fitratning maqolalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Fitratning shahar dumasida saylov o‘tkazilish munosabati bilan yozilgan maqolasini aniqlang.

Hali hikoyachilik janr sifatida yetarlicha to‘liq shakllanib ulgurmagan bir paytda “Qiyomat” singari asari bilan bu janrning qaror topishiga katta hissa qo‘shgan adibni ko‘rsating.

Fitratning sho‘ro mafkurasi zug‘umining ta’siri tufayli cheklanishlarga uchragan maqolalarini aniqlang.

Abdurauf Fitratning otasi qanday kasb bilan sho‘g‘illangan?

Fitratning dastlabki e’lon qilingan yirik kitobi va u qayerda chop etilgan?

Fitratning “Munozara” asarining to‘liq nomi keltirilgan qatorni ko‘rsating.