Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon mavzusidan test savollari



“Go‘zal” she’rida lirik qahramon nima uchun o‘zini “yo‘qsul” deb ataydi?

Cho‘lpon qanday yurtni buzilgan o‘lka deb ataydi?

“Nega sening qalin tovushing “ket” demaydi ularga” satridagi “qalin” so‘zi qaysi ma’noni bildiradi?

“Qalandar”, “Mirza qalandar”, “Q”, “Andijonlik” taxalluslarida ijod qilgan shoir nomini aniqlang.

Adabiyotni “…chang va tuproqlar to‘lgan ko‘zlarimizni artib, ayhonnos buloq suvi”ga o‘xshatgan shoir nomi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

“Millatchi” so‘zi turkiy tillarda qanday kishilarga nisbatan ishlatiladi?

Muhabbatning keng saroyida yo‘lini yo‘qotgan oshiq holati Cho‘lponning qaysi she’rida ifodalangan?

1927- yilning oktabrida bo‘lib o‘tgan II quriltoyda respublika rahbarlaridan biri A. Ikromov tomonidan ijodi “g‘oyaviy tuturuqsiz” deya qoralangan shoirni aniqlang.

Gogolning “Tergovchi”, J. Frankning “Feruza”, Andreevning “Osilgan yetti kishining hikoyasi” asarlarini o‘zbekchalashtirgan shoirni aniqlang.

Cho‘lpon bir qancha janrda ijod qilgan bo‘lsa ham u tabiatiga ko‘ra…

Cho‘lponning she’rlarida shoirning qaysi jihatlari yaqqol bo‘rtib turadi?

1. yoniq yurak; 2. olovli shaxsiyat;

3. obrazlarni shiriflash;

4. tarix; 5. isyonkor tabiat;

O‘zbek adabiyotida hech bir ijodkor Cho‘lpondek … vaziyatda ijod qilmagan.

Ushbu jumladagi nuqtalar o‘rniga mos so‘zni aniqlang.

“Sen- da odam, sen- da insonsen” deya ko‘ngilni inson darajasiga ko‘targan shoirni aniqlang?

Adabiyotshunoslar hozirgi kunda Cho‘lponning tug‘ilgan vaqtini nechanchi yil deb belgilamoqda?

Qaysi ijodkorning otasi “Rasvo” taxallusi bilan hajviy she’rlar yozgan?

Qaysi adib Turkiston Muxtoriyat Hukmatining “Ozod turk bayrami” deb ataluvchi madhiya yaratgan?

Cho‘lponning hikoyalari qaysi qatorda berilgan?

Cho‘lponning V. Yan bilan hamkorlikda yozgan pyesasi qaysi qatorda berilgan?

Qaysi ijodkor ustozlari izidan borib, ijodining dastlabki davridayoq dramaturgiyaga murojaat etgan, hatto “Turon” teatrida direktor, Moskvadagi o‘zbek drama studiyasida esa adabiy emakdosh bo‘lib xizmat qilgan?

Cho‘lpon qalamiga mansub “Yorqinoy” dramasining ilk nusxasi qachon yozilgan?

Quyidagi asarlarning qaysilari Cho‘lpon tomonidan tarjima qilingan?

1. N. V. Gogol “Tergovchi”; 2. Tolstoy “Kazaklar”;

3. Pushkin “Boris Godunov”; 4. K. Fedin “Ilk sevinchlar”;

5. Shekspir “Hamlet”; 6. X. Deryayev “Qismat”;

7. L. Andreyev “Osilgan yetti kishining hikoyasi”;

Cho‘lponning qaysi she’ri Toshkentdagi O‘lka o‘zbek bilim yurti o‘qituvchilarining iltimosi bilan shoirning lirik tarjimayi holi sifatida yozilgan?

Cho‘lponning “Bahorni sog‘indim…” she’ri qaysi vaznda yozilgan?

Cho‘lponning “Bahorni sog‘indim…” she’ri qachon va qayerda yozilgan?

Cho‘lponning qaysi she’rini tabiatning rangin tasviri emas, balki qora qalam bilan chizilgan eskizi desa bo‘ladi?

Cho‘lponning qaysi she’ri avtobiografik mazmunga ega?

“Sochilgan sochingday sochilsa siring”. Ushbu misrada s tovushining takror qo‘llanishi qanday she’riy san’atni yuzaga keltirgan?

Cho‘lponning “Yong‘in” she’ri qanday misralar bilan boshlanadi?

“Zulm oldida har bir narsa,

Ehtimolki, bo‘yin egar.

Agar zulm avjga kelsa,

Ko‘k boshi- da yerga tegar”.

Ushbu misralar Cho‘lponning qaysi she’ridan olingan?

Turkiston fronti siyosiy boshqarmasining tashabbusi bilan “bosmachilik harakati”ni tugatish maqsadida Andijonda qanday gazeta tashkil etilgan?