Abdulla Qodiriy mavzusidan test savollari
Anvarning: “… zero, zulmi naqadar kuchaysa, uning umri shuncha qisqa bo‘lishi tajribalar bilan sobitdir”, - so‘zlari kimga nima maqsadda aytilgan?
Anvarni o‘z ixtiyori bilan xon huzuriga borishdan qaytarolmagan Qobilboy nima uchun ukasining xayrlashuviga javob bermay chiqib ketadi?
Xon tomonidan Anvar o‘limga buyurilgan lavhada kimning xatti- harakatini jasorat sifatida baholash mumkin?
Qobilboy va uning ikki do‘sti qanday qilib Anvarni qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi?
A. Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida yozilishicha, “Raqibni bu qadar jasoratda ko‘rgan Xudoyorxonning kiprik ostlari uchib, soqol tuklari silkindi va bir oz so‘z topolmagandek tamshanib turdi”.
Keyin Anvarga qarata nima dedi?
Abdulla Qodiriy o‘zbek adabiyotida qaysi janr xusuyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi?
Abdulla Qodiriyning ilk bor NKVD tomonidan qamoqqa olinishiga qaysi maqola sabab bo‘lgan?
Abdulla Qodiriyning nasriy asarlarini aniqlang.
Abdulla Qodiriyning qutlug‘ nomi va asarlari qochondan boshlab xalqqa qaytarila boshlandi?
Abdulla Qodiriy qaysi asarida millat tarixining “eng kirlik, qora kunlari”ni tasvirlaydi?
“1264- hijriy dalb oyining o‘n yettinchi qish kunlarining biri, quyosh botgan, tevarakdan shon azoni eshitiladir!”
Ushbu jumla qaysi asardan olingan?
“O‘tkan kunlar” romanidagi yasama xatlarni uyishtirgan salbiy qahramonlar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
Shundan keyin so‘radi xansiragan xayajonlangan bir tovush bilan so‘radi “Siz o‘shami”.
Ushbu jumla qaysi asarda keltirilgan?
“O‘tkan kunlar” romani qahramoni Otabek qaynotasi Mirzakarim quttidor bilan qayerda tanishadi?
“O‘tkan kunlar” romanida g‘am- hasratda kuyib, qismati Otabekdan ham og‘irroq bo‘lgan g‘arib insonni aniqlang.
“O‘tkan kunlar” romanida O‘zbekoyim kimni andi deb baholaydi?
Buguni mustahkan, ertasi poydor bo‘lishini istagan har bir xalq nimani yaxshi bilmog‘i shart?
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining keng ommalashuviga qanday xususiyati sabab bo‘lgan?
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani personajlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
Oybek qaysi ijodkorni “tug‘ma epik yozuvchi, keng ko‘lamdagi master, yuksak ma’nodagi realist san’atkor” deya ta’riflaydi?
“A. Qodiriy… yangi davr adabiyoti, Yevropa adabiyoti gazi bilan o‘lchaganda ham to‘laqonli asarlar yozgan, o‘zbek romanchligini boshlab bergan ulkan adibdir”.
Ushbu ta’rif Qodiriyga kim tomonidan berilgan?
Oiladagi moddiy muhtojlik tufayli bir oz kechikib, 9- 10 yoshlarida maktabga borgan adibimizni aniqlang.
“Sadoyi Turkiston” gazetasining 1914- yil 1- aprel sonida uning “Yangi masjid va maktab” sarlavhali xabari bosilgan.
Yuqoridagi fikrlar qaysi adib to‘g‘risida?
“To‘y”, “Millatimga”, “Ahvolimiz” she’rlari kimning qalamiga mansub?
“Yozuvchi bu asarda voqealar ustida muhokama qilmaydi, tushuntirmaydi, isbot qilmaydi, balki obrazlar bilan ko‘rsatadi. Bu hikoyada ham foydasiz odatlarni qoralaydigan ma’lum “axloq”, “ibrat” bor, lekin bu axloq turtib chiqmaydi”.
Oybek tomonidan berilgan ushbu ta’rif Qodiriyning qaysi asari haqida?
Qodiriyning qaysi hikoyasi faqat uning yutug‘i bo‘lib qolmay, Oktabr to‘ntarishigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotidagi realizmning cho‘qqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi, yetuk namunasi hisoblanadi?
Qodiriy 1919- yil qaysi gazetaga muharrir bo‘lib tayinlanadi?
O‘zbekistonda yangi tipdagi matbuotning tug‘ilishi va shakllanishiga benihoya katta xizmat qilgan, ayniqsa, “Mushtum” jurnalining tug‘ilishi va oyoqqa turishda katta jonbozlik ko‘rsatgan adibni ko‘rsating.
Qaysi adib matbuot, jurnalistika sohasidagi bilim va malakasini oshirish maqsadida 1924- 1925- yillarda Moskvadagi oliy adabiyot institutida ta’lim oldi?
“1818- yil yodgori”, “O‘tgan kunlar” tanqidi ustida ba’zi izohlar” maqolalari kimga tegishli?