Muhammadniyoz Komil mavzusidan test savollari



Ogahiyning 1855- 1856- yillarda bitilgan “Gulshani davlat” asarida yuksak iqtidor egasi deb tilga olingan shoir, siyosiy arbob, mohir tarjimonni aniqlang.

“Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoniy” asarining muallifini aniqlang.

1873- yilning 12- avgust kuni Gandimiyon degan bog‘da “Tinchlik shartnomasi” qaysi tarixchi adib tomonidan yozilgan?

Komil Xorazmiy o‘z nota tizimini qanday ataydi?

Komilning “Dardoki, yo‘q jahon elida sharmsorlig” matla’li g‘azali kimning g‘azaliga muxammas bog‘lab yozilgan?

Shoirlar orasida birinchilardan bo‘lib asarlarida odamni faqat ilohiy yaratiq sifatida emas balki tirikchik tashvishlari va ijtimoiy muammolarga ko‘milgan inson sifatida aks ettirgan adib kim?

To gulshani jamoling ochar gul chaman- chaman,

Zulfi muanbaring ochar anbar suman- suman.

Ushbu matla’da g‘azal ta’svir va tasir kuchini oshirgan unsurni aniqlang.

“Garchi so‘zung gavhari qimmatbaho yo‘q dahr aro,

Bor alarning qoshida xarmuhradin arzon so‘zung”.

Komilning ushbu misrasidagi xarmuhra so‘zi qanday ma’noni anglatadi?

“Qaysi falak burjining mehri pur anvorisen?” matla’li g‘azal kimning qalamiga mansub?

“Chu bo‘ldi tanimga makon po‘stin…” keyingi misrani toping.

Ogahiy “Gulshani davlat” asarida Komilni qanday nom bilan tilga olgan?

“Muhammmadniyoz”ning Xorazm shevasida aytilishi…

Komil ijodida qaysi ustoz shoirlar ta’siri (taqlid ko‘rinib turadi? (majmua asosida)

Putun olti tiyindin qarorlardi Bo‘lish oqchasini shumor ayladi.

Tagiga chizilgan so‘zning ma’nosini aniqlang.

Komil saroyda necha yil xattotlik qilgan?

Komil va M. Rahimxon boshchiligida nechanchi yilda Xivada “Toshbosma” usulida kitob chop etish yo‘lga qo‘yilgan?

Komilning ijodiy merosini shartli ravishda 2 qismga ajratish mumkin, ular qaysilar?

Sulaymon Buxoriyning qaysi asarida so‘zlarga izoh berish uchun mashhur shoirlar qatoriga Muhammadniyoz Komilning ham she’rlari kiritilgan?

Muhammadniyoz Komilning “Kamol” she’rining matla’si berilgan javobni ko‘rsating.

Komilning “Suv” radifli g‘azali qaysi yo‘nalishda bitilgan?

Komilning marifatchilik yo‘nalishidagi asarlarining g‘oyasini aniqlang.

Sango bo‘lsa ham oy- u kun qilma faxr,

Rikob- u rikob- u rikob- u rikob.

Ushbu baytdagi Rikob so‘zi qanday ma’noda qo‘llangan?

Hijob so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?

Milliy musiqamizga zamonaviy ma’nodagi notani joriy etgan dastlabki musiqashunosni aniqlang.

Komilning “Rost” maqomiga bog‘langan qaysi original musiqalari notaga ko‘chirilgan holda hozirga qadar yetib kelgan?

Komil ijodidagi dunyoning nobopligi, adolatsizlikning kuchi, odamlar o‘rtasidagi munosabatining chigalligi haqida mulohaza yuritilgan lirik g‘azalni belgilang.