Gulxaniy mavzusidan test savollari



Gulxaniyning bizgacha qancha g‘azali yetib kelgan?

Qaysi asarda 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta- kichik masal va hikoyatdan iborat asar berilgan qatorni aniqlang.

Gulxaniy otasining vafotidan keyin kimning tarbiyasida qolgan?

Gulxaniy xon saroyida qanday martabada faoliyat ko‘rsatgan?

Gulxaniydan bizgacha yetib kelgan ilmiy meros qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

Gulxaniyning “Ko‘ngil ozurdadir dunyog‘a arzi ehtiyoj etmas” radifli g‘azali qaysi yo‘nalishda bitilgan?

Gulxaniyning qaysi g‘azalida dunyoga qo‘l siltagan, uning notantiligidan ko‘ngli ozor chekkan yo‘lovchi hajviyasi ifodalangan?

“Dili vayronadin, jono, tavaqqu qilma dog‘ingni”

Ushbu misradagi tavaqqu so‘zining ma’nosini aniqlang.

Gulxaniy asarlarida qaysi lahjaga mansub so‘zlar ko‘proq uchraydi?

Gulxaniy qaysi g‘azali maqta’sida dardiga iloj etmagan Iso nafasli ma’shuqadan bir oz yozg‘iradi?

Gulxaniy qaysi ijodkor faoliyatidan ta’sirlangan holda ijod qilgan?

“Zarbulmasal” qanday yo‘sinda yozilgan?

“Zarbulmasal”dagi badiiy obrazlar necha qismga bo‘lingan?

“Zarbulmasal”da qaysi turdagi jonzotlar obrazlar sifatida ishtirok etgan?

Quyida berilgan hikoyalardan qaysilari “Zarbulmasal”da uchraydi?

“Zarbulmasal”dagi masallar nimalar tilidan hikoya qilinadi?

“Zarbulmasal”da “yomon otga yo‘l bitsa, yonida to‘siq boylamas, yomon yerga mol bitsa, yoniga qushni qo‘ndirmas” maqolini qaysi qush tomonidan aytilgan?

Gulxaniy qaysi tillarda ijod qilgan?

Muhammad Sharif yana qanday taxallusda ijod qilgan?

“Farg‘ona mulkida chordevor noyob ekanini arz qilib o‘tib edik, Agar Movarounnahr tabiatidin xohlasang har qancha chordevor desang beray, balki xisht devor solayin”

“Zarbulmasal”dagi ushbu jumla qaysi qahromonga tigishli?