Muhammad Hodiy mavzusidan test savollari



M. Hodiyning badiiy merosini qancha she’r va maqola tashkil qiladi?

M. Hodiy qaysi mamlakatda dunyoga kelgan?

“Alvohi intiboh” dostoni muqaddimasidanoq kishini qanday holat qamrab oladi?

“Burxoni taraqqiy” gazetasini ta’sis etgan shaxsni ko‘rsating.

Men va moziydan iborat ikki obraz kimning qaysi asarida uchraydi?

1902- yilgi zilziladan keyin Hodiy hamshaharlari bilan qayerga ko‘chib ketadi?

Hodiy Kurdamirda qanday kasb bilan shug‘ullangan?

Oktabr inqilobidan ruhlangan Hodiy qanday nomdagi tabrik she’rini yozgan?

Hodiy jurnalistik faoliyatini qaysi gazetadan boshlagan?

Hodiy arab tilini kimdan o‘rgangan?

Hodiyning qaysi mavzudagi she’rlari unchalik muvaffaqiyatli emas?

Hodiy “Hayot” gazetasida boshlagan ishini qaysi jurnalda davom ettirdi?

Hodiyning 1914- yilda chop etilgan to‘plami qanday nomlangan?

Hodiyning qaysi to‘plamida mavzu takrori, mazmun sayozligi, mazmundan chiqa olmaslik ko‘rinadi?

Hodiyning ilk she’riy majmuasini aniqlang.

Hodiyning qaysi she’ri tanqidchilarga javob tarzida yozilgan?

“Hayot qanchalik achchiq bo‘lsa, shunchalik shirin hamdur.”

Ushbu falsafiy mulohazalar Hodiyning qaysi hikoyasida uchraydi?

M. Hodiy botish adabiyotini kimlar vositasida o‘rgangan?

Hodiyning shirin xayollar, go‘zal orzular ifodasi aks etgan dostonini ko‘rsating.

Hodiy shaxsiyatidagi romantiklikka mos holda qaysi timsollarni xush ko‘rib ishlatardi?

Hodiy Istanbulda qaysi gazetada ishlagan?

Hodiy Istanbuldagi “Tanin” gazetasida qanday lavozimda ishlagan?

Hodiyning Istanbulda yozilgan asarlari qaysi gazetalarda chop etilgan?

Hukmatga qarshi chiqishlari uchun Hodiy qayerga surgun qilindi?

Hodiy Bokuda qanday she’riy to‘plamlarini nashr ettirgan?

“Alvohi intiboh” asari kimning qalamiga mansub?

Hodiyning “Alvohi intiboh” asari nechta kitobcha holida chop etilgan?

Qaysi ijodkor Hodiyning “Alvohi intiboh” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan?

Hodiyning “Alvohi intiboh” asarining o‘zbekcha nomini ko‘rsating.

R. Parfi Hodiyning qaysi asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan?