Ubaydulla Zavqiy mavzusidan test savollari
O‘tib bir qarn, arqonim, jahon obod ko‘rgaysiz,
Jahon ahlini zolim haddidin ozod ko‘rgaysiz.
Ushbu ruhiy ko‘tarinkilik, kelajakka ishonch avjlanib turgan muxammasining yakunlovchi bandi qaysi adib ijodida uchraydi?
“Muxammasida “sahob”, “oftob”, “hubob”, “niqob”, “hijob” singari an’anaviy timsollarda zulmning o‘tkinchiligini aks ettiradigan, yangi ma’no yuklab, she’rga yorug‘ bir badiiy nur kiritishga erishadi”.
Ushbu ta’riflar kimning ijodi haqida aytilgan?
“Yuzingni ko‘rsatib avval” deb boshlanadigan mustaqil muxammas muallifini aniqlang.
Ubaydulla Zavqiy qaysi kasbning ustasi bo‘lgan?
Zavqiyning qaysi muxammasida yor Layliga qiyos qilinadi?
Zavqiy 17- 18 yoshlarida qaysi madrasalarda tahsil olgan?
Otasi kosib, o‘zi ham vaqtida shu kasb bilan ro‘zg‘or tebratgan adibni aniqlang.
Zavqiy qaysi she’rida 46 nafar baloxo‘rni fosh etgan?
Zavqiyning “Yuzingni ko‘rsatib avval” deb boshlanadigan muxammasi qanday asosda yaratilgan?
Derlar birov ulug‘, birining past taqdiri,
Biri to‘q- u biri och, balolarning sobiri.
Ushbu misralar bilan boshlanadigan muxammasda Zavqiy nimani ko‘zda tutgan?
Zavqiyning muxammas janrida bitilgan asarini belgilang?
Zavqiyning lirik ijodida alohida o‘rin tutgan muxammasini aniqlang.
Xoh kosib, xoh dehqon qayga borsa bag‘ri qon,
Holo har yerda suxan sharmanda- yu rasvoniki.
Misradagi holo so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.
1890- yillarda Zavqiyning hayotida qanday tashvishli voqealar yuz berdi?
Zavqiyning qaysi g‘azali matla’sida “Og‘izni yumib, ko‘zni kattaroq ochish kerak”ligi ta’kidlanadi?