Bobur hayoti va ijodi mavzusidan test savollari



To‘zib erdi navkari Boburning,

Erib erdi jigari Boburning.

Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan?

Boburning tarjima asari qaysi qatorda berilgan?

Bobur qaysi janrlarda barakali ijod qilgan?

“Sochining savdosi tushdi boshima boshtin yana, Tiyra bo‘ldi ro‘zg‘orim ul qaro qoshtin yana” deb boshlanuvchi g‘azal muallifini aniqlang.

Bobur devonidan qancha ruboiy o‘rin olgan?

Bobur lirikasida qaysi janr yetakchi mavqega ega?

Bobur asarlaridagi yashil va ko‘klam ma’nolarini ifodalovchi so‘z qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

She’riyatda gul so‘zi yana qanday so‘z bilan yonma –yon qo‘llaniladi?

Labing bag‘rimni qon qildi, ko‘zimdin qon ravon qildi,

Nechun holim yamon qildi, men andin bir so‘rorim bor.

Ushbu baytda qaysi she’riy san’atdan mohirona foydalanilgan?

Visolinkim tilarmen nozini xush tortqil,

Boburki, olam bog‘ida topmoq guli bexor mushkuldur.

Baytda qo‘llanga bexor so‘zining ma’nosini aniqlang.

Sendek menga bir yori jafokor topilmas,

Mendek senga bir zori vafodor topilmas.

Bobur yuqoridagi baytda qanday she’riy san’atlardan foydalangan?

Beqaydmen- u xarobi siym ermasmen,

Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen.

Kobulda iqomat qildi Bobur dersiz,

Andoq demangizki, muqim ermasmen.

Ushbu ruboiydagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar qanday ma’no ifodalagan?

Boburning bizgacha yetib kelmagan asarlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

“Aksar yalangoyoq yurar edim, yalangoyoq ko‘p yurganimdin oyoqlarim andoq bo‘lib edikim, tog‘ va tosh tafovut qilmas erdi”.

Ushbu tarjimai hol muallifini aniqlang.

Boburning soliq ishlariga bag‘ishlab yozgan asarini aniqlang?

1526- yilning 12- dekabrda Bobur hayotida qanday voqea sodir bo‘ldi?

Xo‘ja Ahror Valiyning Bobur tomonidan she’riy yo‘lda tarjima qilingan asari qanday nomlanadi?

Boburning nechta devoni bor?

Boburning bizgacha yetib kelgan she’rlarining soni qancha?

Boburning bizgacha nechta g‘azal va nechta ruboiysi yetib kelgan?

“Vaqoye’” nomi bilan yuritilgan mashhur asar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

“Boburnoma” asarida qaysi shaharlar haqida ma’lumot berilgan?

“Bobur- fe’li sajiyasiga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir” Ushbu tarif muallifini aniqlang.

Bobur so‘zning jilvasini, tovlanish xususiyatini juda yaxshi his etgan uning aynan ushbu xususiyat bo‘rtib turgan asarlaridan birini ko‘rsating.

Bobur ruboiylarining bosh fazilati nimada?

Mashhur insonlardan qaysi biri ham Temurbekka, ham Chig‘atoyga qarindosh hisoblanadi?

Boburning jahon ovorasi bo‘lib yurishlariga nima sabab bo‘ladi?

Bobur asarlarida qo‘llangan qaysi so‘z sariq yuz ma’nosini ifodalaydi?

Maqdur so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.

Mumtoz adabiyotda yorning og‘zi qanday tasvirlanadi?