Alisher Navoiyning hayoti va ijodi mavzusidan test savollari
A. Navoiyning “Hayrat ul- abror” dostoni necha bobdan iborat?
Nazmki ma’ni anga marg‘ub emas,
Ahli maoniy qoshida xo‘p emas.
Ushbu parcha Navoiyning qaysi asaridan olingan?
A. Navoiyning “Hayrat ul- abror” dostonining So‘z ta’rifida bobida to‘rt sadaf deb nimalar aytilgan?
Taronai ruboiyning qofiyalanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
Arab tilida to‘rtlik ma’nosini anglatuvchi so‘z aruz vaznidagi to‘rt misradan iborat lirik she’r qanday nomlanadi?
Chun g‘araz so‘zdin erur ma’ni anga,
Noqil o‘lsa xoh xotun, xoh er.
A. Navoiyning ushbu she’ri qaysi janrda bitilganligini aniqlang.
Kamol et kasbkim, olam uyidin,
Sanga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.
Navoiyning ushbu she’ri qaysi janrda yozilgan va unda qo‘llangan “olam uyi” so‘zining ma’nosi to‘g‘ri izohlangan qator qaysi?
Qaysi asar qahramonining Axriman devni yengishi va Yasuman kampir kirdikorlari voqealari asarda aks ettiriladi?
63 bobdan iborat bo‘lib, kishilardagi yaxshi, ibratli fazilatlar ayrim yomon illatlar haqida hikoya qiluvchi dostonni aniqlang.
“Hayrat ul- abror” dostonning XIV- XV boblari nima haqida?
A. Navoiy Yaratganning qaysi amrini birlamchi bilib, “Barchasi bir yon- u, bu bir yon” deb hukmdorga uqtiradi?
“Zulm o‘zunga fisqdur, ey hushyor,
Gum qil ani, bo‘lsa sanga hush yor”
baytida qo‘llanilgan she’riy san'atni toping.
Navoiyning adabiyotshunoslikka oid asarlarini ko‘rsating.
Navoiy shoh G‘oziy orqali kimning timsolini yaratgan?
Kampir nima uchun o‘z da’vosidan kechib, uzr so‘radi?
Qozining talabiga ko‘ra kampir keltirgan ikki guvoh ko‘rsatilgan javobni belgilang.
Jobir dengizda kemalar ko‘ringanidan qanday xabar topardi?
“Mehr” so‘zi qizning ismini bildirish bilan birga yana qanday ma’noni anglatardi?
Mas'uliyatli damda shaxsiy ishtiyoqi tufayli asirga tushgan obrazni ko‘rsating.
“Mehr va Suhayl” hikoyasida qahramonlar ruhiy holati va tashqi tasvirini berishda asosan qaysi rangdan foydalanilgan?
Qaysi yillarda Navoiy Samarqand shahridagi madrasalarda ta’lim oladi?
Qaysi adibning haykali ustida bino qilingan baland toq girdiga uning bir g‘azalidan olingan “Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig‘, Yor o‘lung, bir- biringizgaki, erur yorlig‘ ish” – degan misralari yozib qo‘yilgan?
Navoiyning har bir baytida kamida bir tazod (zidlanish) san’ati qo‘llangan g‘azalni toping.
Mumtoz she’riyatimizda uchraydigan “begona bayt” tushunchasini izohlang.
“Bu baytda shoir kimni maqtagisi kelsa- maqtaydi, kimni yomon ko‘rsa, undan alamini oladi, g‘azal umumyo‘nalishiga u qadar bog‘lanmaydiganroq gapi bo‘lsa ham, shu yerda aytib qoladi”.
Ushbu jumla kimga tegishli va gap qanday bayt haqida ketmoqda?
“Holoti Sayyid Hasan Ardasher” asarining muallifini aniqlang.
“Muqarribi shohiy” unvonini olgan ijodkorni aniqlang.
Davlatimiz poytaxtidagi “O‘zbekiston milliy bog‘i”da barpo etilgan Alisher Navoiy haykali ustida bino qilingan baland toq girdiga uning bir g‘azalidan olingan misra bitilgan. Ushbu misralarni belgilang.
Qofiyasidagi sakkizta so‘zdan 6 tasi o‘zbekcha, 2 tasi tojikcha bo‘lgan Navoiyning g‘azalini belgilang.
Navoiyning “Kelmadi” radifli g‘azalining har bir baytida bittadan bo‘lsa ham qaysi badiiy san’at qo‘llangan va bu badiiy san’at g‘azalida asosiy ifoda va tasvir vositasiga aylangan?