Sakkokiy mavzusidan test savollari
Sakkokiyning qasidalari qaysi tarixiy shaxslarga bag‘ishlangan?
Sakkokiyning devonidan bizgacha qaysi harflar bilan tugallanuvchi g‘azallar yetib kelmagan?
Navoiy kimni turk alfozining bulag‘olaridan deb ta’riflaydi?
Ern so‘zi mumtoz she’riyatimizda qanday ma’no anglatadi?
Arslonxo‘ja Tarxon tarixda qanday shaxs sifatida qolgan?
Navoiy “Majolis un- nafois” asarida Sakkokiyning qayerlik ekanini takidlaydi?
Sakkokiyning bizgacha qancha merosi yetib kelgan?
Sakkokiy g‘azallarining bosh mavzusini aniqlang.
Adanda dur, Badaxshonda la’l bo‘lganidek Xo‘tan sahrolarida nima serob bo‘lgan?
O‘zbek adabiyotidagi ilk qasida yozgan shoirni aniqlang.
Ko‘zim yoshig‘a nazar qil, ko‘ngul bo‘lur ravshan
Ey sarvinoz, oqar suvg‘a qilsa nazzora.
Ushbu baytda qo‘llangan badiiy san’atni aniqlang.
Agar oq yuzingga qora sochlaring yoyilsa,
O‘sha soatdayoq ko‘ngil mag‘lub bo‘ladi.
Sakkokiyning ushbu mazmundagi g‘azali radifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
Mumtoz she’riyatimizda qosh nimalarga mengzatiladi?
1) oy; 2) kamon 3) hilol;
4) nayza; 5) sarv; 6) qilich;
“Majolis un- nafois” tazkirasida “Samarqand ahli anga ko‘p mu’taqiddurlar (e’tiqod qo‘yganlar) va bag‘oyat ta’rifini qilurlar”,- deb kimga ta’rif berilgan?