Lutfiy mavzusidan test savollari



Zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni “malik ul- kalom”, ya’ni “so‘z podshosi” deb e’zozlagan. Gap qaysi adib haqida bormoqda?

“Mavlona Lutfiy o‘z zamonasining malik ul kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi va turkcha devoni mashhurdir”.

Lutfiyga ushbu ta’rif kim tamonidan berilgan?

“…To‘qson to‘qqiz yoshida olamdan o‘tdi. Qabri Dehikanordadur, o‘z maskani erdi”.

Lutfiy to‘g‘risidagi ushbu fikr kimning qaysi asaridan olingan?

Lutfiy “Devoni” qanday janrlarda yozilgan she‘rlardan tashkil topgan?

O‘zbek adabiyoti tarixida masnaviy yo‘li bilan yaratilib, bizgacha to‘liq holda saqlanib qolgan asarni belgilang.

Lutfiyning “Xoh inon, xoh inonma” radifli g‘azaliga qaysi shoir nazira bitgan?

Lutfiyni o‘z zamonasining ahli adabi va ahli fizolasi nima deb e’zozlagan?

Lutfiyning “Xoh inon, xoh inonma…” g‘azali qofiyasi to‘g‘ri ketma- ketlikda berilgan qatorni toping.

O‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunasi Lutfiyning qaysi g‘azalida aks etgan?

Lutfiy “Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu” matla’ g‘azalida boshdan oyoq qaysi badiiy san’atdan mahorat bilan foydalanilgan?

Kimning lirik qahramoni o‘z ma’shuqasidan “Pariga, yangi gul- bargga kim bo‘lasan” deb so‘roqlaydi?

Ayoqingga tushar har lahza gesu,

Masaldirkim charoq tubi qorong‘u.

Lutfiyning ushbu g‘azalida qanday she’riy san’at qo‘llangan?

Navoiygacha bo‘lgan davrdagi turkiy adabiyotning eng yirik vakilini aniqlang.

Mavlona Lutfiyga mashhur adabiyotshunos Ahmad Taroziy- zamondoshi qanday nisba beradi va uni qanday izohlash mumkin?

Noziklik ichra belicha yo‘q tori gisuyiO‘z haddini bilib, belidin o‘ltirur quyi. (Lutfiy) Baytda qo‘llangan she’riy san’atni aniqlang.

Nozuklik ichra belicha yo‘qdir gisuyi

O‘z haddini bilib, belidin o‘ltirur quyi.

Lutfiy qalamiga mansub baytdagi “gisu” so‘zinig manosini aniqlang.

Qoshing erning, yuzung ey rashki rizvonHilolu, kavsaru bog‘i jinondir. Misralardagi o‘xshatishlarni aniqlang.

Yorning beli soch o‘rimidan nozikroq, ingichkaroq.

Chunonchi, yorning sochi beliga nisbatan yo‘g‘onroq bo‘lgani uchun pastda o‘tiribdi, degan o‘xshatishlar qaysi adib ijodida uchraydi?

Lutfiy Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarini kimning topshirig‘iga ko‘ra tarjima qilgan?

Lutfiyning qaysi g‘azalida yor firoqida jon taslim etadigan holatga kelgan oshiq ahvoli aks etgan?

Ma’lumki, “Gul va Navro‘z” dostoni uzoq yillar davomida Lutfiy qalamiga mansub deb kelingan, so‘ngra bu dostonning kimga tegishli ekanligi aniqlangan. Bu doston qaysi qatorda berilgan?

Lutfiy tasavvuf ilmini kimdan o‘rganadi?

Navoiy “Nasoyim ul- muhabbat” asarida “Turkcha devoni mashhurdir” deb kimni hurmat bilan tilga oladi?