“Rustamxon” dostoni mavzusidan test savollari
Maydon bo‘lsa bedov otlar topilar,
Chopib kelsa banot jullar yopilar,
Men ham bildim, yo‘qchi bo‘lib kelibsan,
G‘am yema begijon, yo‘g‘ing topilar.
“Rustamxon” dostonidan olingan ushbu parcha kimning tilidan aytilgan?
Qaysi dostonda ota o‘z o‘g‘lini “nor kalla qo‘chqor” deb ataydi?
Qaysi xalq dostoni qahramoni cho‘l-u-ko‘lda kezib yurishini shohlikdan ziyod bilib, podsholik taxtini rad etadi?
Hukumi tog‘ nomi qaysi dostonda keltirilgan?
“Dunyoda “Bir qo‘rqqan yomon, bir quvongan yomon”, degan gap bor”.
Ushbu jumla qaysi xalq dostoni qahramoni tilidan aytilgan?
Qaysi xalq dostoni qahramoni yo‘lda kamxarj bo‘lganda gadoylik ham qiladi?
Quyida berilgan xalq dostoni qahramonlaridan qaysi biri “xurrakni baland tortar edi, botmon nosvoyni to‘rt bo‘lib otar edi... ne er yigitlarni ikki pulga sotar edi... yomonlik izlab borgan odamning ishi undan bitar edi
Dardim ko‘pdur kim biladi ishimni,
Qo‘limdan qochirdim olg‘ir qushimni?
Ushbu satrlar kimning tilidan aytilgan?
“Rustamxon” dostonida Sultonxon Rustam va Xuroyimning daragini eshitib kimning qiyofasida ularni izlaydi?
“Rustamxon” dostonida Sultonxon qaysi viloyatda yashar edi?
“Rustamxon” dostonida Rustam Bujulda qancha vaqt podsho bo‘ladi?
“Rustamxon” dostonida “Ajab suratli bir qiz, jamoli kunni xira qilgudek, aqli ketib otdan yiqilib qolgudek” degan ta’rif kimga tegishli?
“Rustamxon” dostonida Ximcha kim edi?
“Rustamxon” dostonida Sultonxon necha yilda qaytaman deb qayerga safarga otlanadi?
“Rustamxon” dostonida Rustam va Huroyimning tirikligini kim eshitib, ularni qalandar qiyofasida qidiradi?
“Rustamxon” dostonlarning mazmuni jihatdan qaysi turiga mansub?
“Rustam otasini chopibdi”, degan lanqa gapni, qo‘zim, o‘zingga olma. “Rustamxon” dostonidan olingan ushbu parchadagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
O‘limdan qo‘rqarmi, bilgil, mard kishi,
Bundan qo‘rqib, ketmoq nomardning ishi.
Ushbu so‘zlar qaysi doston qahramoniga tegishli?